Suv resurslarini boshqarish huquqi agroklasterlarga beriladi

© unsplash/Markus Spiskevodosberegayushie texnologii v selskom xozaystve
vodosberegayushie texnologii v selskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi klasterlari daromadlarining bir qismi suvdan samarali foydalanishga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish huquqi agroklasterlarga beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 12-dekabr kuni qabul qilingan “Qashqadaryo viloyati tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Hujjat davlat suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish natijalari bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligi va agroklaster o‘rtasida tuziladigan bitim asosida boshqaruvga berishni ko‘zda tutadi.
Ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari yerning ijara muddatiga mos davrga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan klasterlarga tekin foydalanish huquqi asosida ularni saqlash, ta’mirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun agroklasterlar mablag‘ining bir qismini jalb qilgan holda beriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

Agroklasterlarga maqsadli foydalanish uchun beriladigan ichki sug‘orish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarining asosiy ko‘rsatkichlari;
Agroklasterlarga DXSh shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga boshqaruvga beriladigan davlat irrigatsiya tizimi kanallarida suv sarfini onlayn monitoring qilish va masofadan boshqarish tizimini joriy qilish prognoz ko‘rsatkichlari;
Davlat suv xo‘jaligi obyektlarini agroklasterlarga DXSh shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga berish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.
Yangiliklar lentasi
0