O‘zbekistonlik ishbilarmonlar Ufada biznes haftaligida ishtirok etmoqda

© Fotoxost BRIKS/ShOS / Mediabankka o‘tishUfa v preddverii sammitov ShOS i BRIKS
Ufa v preddverii sammitov ShOS i BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Forum doirasida 50 dan ortiq ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkaziladi, 20 ta davlatdan 500 dan ortiq ma’ruzachilar chiqish qiladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik ishbilarmonlar Boshqirdistonda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro biznes haftaligida ishtirok etmoqda.
Forum Ufa shahrida 14-16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. U o‘z maydonlarida uch mingdan ortiq ishtirokchini to‘pladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.
Forum doirasida 50 dan ortiq ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkaziladi, unda 20 ta davlatdan 500 dan ortiq ma’ruzachilar so‘zga chiqadi.
Ishtirokchilar orasida Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov, mintaqa hukumati bosh vaziri Andrey Nazarov, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova, ShHT Ishbilarmonlar kengashi ijrochi kotibi Sergey Kanavskiy va boshqalar bor.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Turkiya delegatsiyalari vakillari bilan alohida davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0