Og‘ir atletika: O‘zbekiston terma jamoasi JChda dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi -87 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tursunoy Jabborova kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi -87 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tursunoy Jabborova kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
U dast ko‘tarish mashqida 112 kg bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, siltab ko‘tarish mashqida 129 kg bilan sakkizinchi pog‘onadan joy oldi. Ikki kurashdagi 241 kg yakunda Jabborovaga bronza medalini taqdim qildi.
Shuningdek, tungi dasturda -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rigina Adashbayeva umumiy hisobda 220 kg bilan 18-natijani qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0