https://oz.sputniknews.uz/20221215/mirziyoev-bosh-vazirning-birinchi-orinbosari-va-rahbarlarga-favqulodda-rejimda-ishlashni-buyurdi-30769016.html
Mirziyoyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va rahbarlarga favqulodda rejimda ishlashni buyurdi
Mirziyoyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va rahbarlarga favqulodda rejimda ishlashni buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident videoselektor yig‘ilishida hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash masalasiga to‘xtaldi. 15.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-15T17:58+0500
2022-12-15T17:58+0500
2022-12-15T19:18+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30768734_0:133:1281:853_1920x0_80_0_0_93d80b8938de932e37ee5d34fffb6d1b.jpg
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash masalasiga ham to‘xtaldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.Oxirgi olti yilda sohada katta o‘zgarishlar bo‘lgani,jumladan:- 5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25-yilda bor-yo‘g‘i 3,3 ming megavatt quvvatlar ishga tushgan);- 45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar ko‘p);- suyultirilgan gaz va ko‘mir ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshgani ta’kidlandi.“Lekin bir hafta bo‘lgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullayev, F.Abdurahmonov, D.Isakulov, U.Mustafoyev, B.Normatov, B.Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamagani ko‘rinib qoldi”, - dedi prezidentYig‘ilishda bugungi og‘ir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va sherik bo‘layotganiga chidab bo‘lmasligi qayd etildi.Dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, so‘nggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlandi. Ular ayniqsa, Farg‘ona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) ko‘p.Misol uchun, elektrdan 8 million kilovatt o‘g‘irlangan, bu – kuz-qish mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik iste’moliga teng.Shu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.O‘tgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, "O‘zbekneftgaz" raisi M.Abdullayev, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi F.Abdurahmonov, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" raisi D.Isakulov, "Hududiy elektr tarmoqlari" raisi U.Mustafoyev, "O‘ztransgaz" raisi B.Normatov, "Hududgazta’minot" raisi B.Eshmurodovga hayfsan berildi.Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.Viloyat hokimlariga o‘n kun muddatda ushbu obyektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.Ikki oy muddatda energiya ta’minoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1-martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:- birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sun’iy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;- suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30768734_1:0:1138:853_1920x0_80_0_0_cfdf5b69fe4873b999bcaaa38450239d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev
siyosat, shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va rahbarlarga favqulodda rejimda ishlashni buyurdi
17:58 15.12.2022 (yangilandi: 19:18 15.12.2022) Prezident videoselektor yig‘ilishida hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash masalasiga to‘xtaldi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash masalasiga ham to‘xtaldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi
ma’lum qildi. Oxirgi olti yilda sohada katta o‘zgarishlar bo‘lgani,
- 5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25-yilda bor-yo‘g‘i 3,3 ming megavatt quvvatlar ishga tushgan);
- 45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar ko‘p);
- suyultirilgan gaz va ko‘mir ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshgani ta’kidlandi.
“Lekin bir hafta bo‘lgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullayev, F.Abdurahmonov, D.Isakulov, U.Mustafoyev, B.Normatov, B.Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamagani ko‘rinib qoldi”, - dedi prezident
Yig‘ilishda bugungi og‘ir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va sherik bo‘layotganiga chidab bo‘lmasligi qayd etildi.
Dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, so‘nggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlandi. Ular ayniqsa, Farg‘ona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) ko‘p.
Misol uchun, elektrdan 8 million kilovatt o‘g‘irlangan, bu – kuz-qish mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik iste’moliga teng.
Shu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.
O‘tgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.
Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, "O‘zbekneftgaz" raisi M.Abdullayev, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi F.Abdurahmonov, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" raisi D.Isakulov, "Hududiy elektr tarmoqlari" raisi U.Mustafoyev, "O‘ztransgaz" raisi B.Normatov, "Hududgazta’minot" raisi B.Eshmurodovga hayfsan berildi.
"Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz to‘g‘ri tushunib, norozi bo‘lmas edi", - dedi prezident.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.
Viloyat hokimlariga o‘n kun muddatda ushbu obyektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.
Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.
“Umuman, energiya resurslari ta’minotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo‘lishi lozim. Energiya ta’minoti “qo‘l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”, - dedi davlat rahbari.
Ikki oy muddatda energiya ta’minoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.
Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1-martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.
Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:
- birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sun’iy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;
- suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.