https://oz.sputniknews.uz/20221215/fnqiz-ai-80-benzin-ishlab-chiqarishni-kopaytirdi-30756256.html
FNQIZ AI-80 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi
FNQIZ AI-80 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ijtimoiy yonilg‘i ishlab chiqarish 50 foizga oshirildi. 15.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-15T11:17+0500
2022-12-15T11:17+0500
2022-12-15T11:17+0500
benzin
farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0a/14514528_0:144:1070:746_1920x0_80_0_0_9ec6ecccf5d74e24463a9789771fd429.jpg
ATOShKENT, 15 dek — Sputnik. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida qish mavsumi boshlanishi bilan AI-80 markali benzin ishlab chiqarish hajmi 50 foizdan ko‘proqqa oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.14 dekabr holatiga ko‘ra korxonada kuniga 1250 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich shu yilning yanvar-noyabr oylaridagi 800 tonnani tashkil etgan.Qayd etilishicha, zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini maqsadli yangilash hamda Saneg neft-gaz kompaniyasi (2022 yil iyun oyidan beri FNQIZga egalik qiladi) tomonidan jalb qilingan investitsiyalar tufayli qayta ishlash hajmini oshirishga erishilgan.Bundan tashqari, AI-92 benzin ishlab chiqarish hajmi ham oshirilgan. Hozirda har kuni kamida 500 tonna shu markali mahsulot savdolarga qo‘yilmoqda.Korxona direktori Habib Latipovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda korxonaning barcha resurslari aholini hamonbop yoqilg‘i, xususan, benzin bilan ta’minlashga qaratilgan.Avvalroq FNQIZ AI-80 markali benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirgani xabar qilingandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0a/14514528_199:137:1041:768_1920x0_80_0_0_c1389e23a899e28889c3aeb72a4ec3f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
benzin, farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz, iqtisod
benzin, farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz, iqtisod
FNQIZ AI-80 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ijtimoiy yonilg‘i ishlab chiqarish 50 foizga oshirildi.
ATOShKENT, 15 dek — Sputnik. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida qish mavsumi boshlanishi bilan AI-80 markali benzin ishlab chiqarish hajmi 50 foizdan ko‘proqqa oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
14 dekabr holatiga ko‘ra korxonada kuniga 1250 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich shu yilning yanvar-noyabr oylaridagi 800 tonnani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini maqsadli yangilash hamda Saneg neft-gaz kompaniyasi (2022 yil iyun oyidan beri FNQIZga egalik qiladi) tomonidan jalb qilingan investitsiyalar tufayli qayta ishlash hajmini oshirishga erishilgan.
“Umuman olganda, Saneg FNQIZni modernizatsiya qilish uchun 400 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirib, yil davomida xomashoni qayta ishlash tezligini ikki baravarga, 1 million tonnadan 2 million tonnagacha oshirish niyatida”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, AI-92 benzin ishlab chiqarish hajmi ham oshirilgan. Hozirda har kuni kamida 500 tonna shu markali mahsulot savdolarga qo‘yilmoqda.
Korxona direktori Habib Latipovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda korxonaning barcha resurslari aholini hamonbop yoqilg‘i, xususan, benzin bilan ta’minlashga qaratilgan.
“Yaqinda aksiz solig‘ining bekor qilinishi bozorga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi va talab ham sezilarli darajada oshdi. Biroq biz ishlab chiqarish dasturini undan oldin, noyabr oyida korxonaning ish hajmini moslashtirib, kuz-qish mavsumining maksimal davri yaqinligini anglagan holda o‘zgartirgan edik”, - deydi korxona direktori Habib Latipov.
Avvalroq FNQIZ AI-80 markali benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirgani xabar qilingandi.