Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Donesk meri shaharga 2014-yildan buyon eng ko‘lamli zarba berilganini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Shahar meri Donesk sakkiz yil ichidagi eng ko‘lamli zarbalar ostida qolganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining payshanba kuni ertalab Doneskni o‘qqa tutishi sakkiz yil ichidagi eng ko‘lamli zarba bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Aleksey Kulemzin ma’lum qildi.
“Bugun ertalab ukrain fashistlar galdagi harbiy jinoyatni sodir etishdi. Bugun roppa-rosa soat 07:00 da ular Donesk markaziga 2014-yildan buyon eng ko‘lamli zarba berishdi”, - deya yozdi u o‘zining Telegram kanalida.
Kulemzinning aniqlik kiritishicha, Voroshilov tumanidagi Bogdan Xmelniskiy xiyoboni va Universitet ko‘chasi, Shkola xiyoboni, Naberejnaya ko‘chasi i bozor o‘qqa tutilgan.
Vatutin, Mir, Teatr, Shevchenko kabi xiyobonlarda turar joylar zarbalardan zarar ko‘rgan. Temir yo‘l oldidagi kasalxona va talabalar shaharchasiga ham snarad kelib tushgan.
15-bog‘cha, 2-maktab, Donesk milliy texnologik universitetining bir necha korpusi shikastlangan. Jabrlanuvlar soni aniqlanmoqda.
DXRning Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi qo‘shma markazi vakolatxonasining ma’lumotiga ko‘ra, soat 07:00 da Ukraina qo‘shinlari Doneskning Voroshilov va Kiyev tumanlariga “Grad” zalp bilan o‘t ochuvchi tizimlaridan 40 ta raketa uchirishgan. Soat 08:02 da UQK Kiyev tumanini NATOning 155 millimetrli kalibr snaradlari bilan yana o‘qqa tutgan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0