Amerikaning Patriot tizimlari Ukrainaga yordam beradimi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBatareya amerikanskix raket PVO Patriot
Batareya amerikanskix raket PVO Patriot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘rta masofaga mo‘ljallangan, texnologik nomukammal Patriot mudofaa tizimlarini Ukrainaga yetkazib berish - bu mojaro kuchayishning yangi bosqichi, AQShning Rossiya bilan qarama-qarshilik tomon qo‘ygan yangi qadami, deb hisoblaydi Sputnik harbiy kuzatuvchisi Aleksandr Xrolenko.
AQSh Ukrainaga yetkazib berayotgan Patriot tizimlari harbiy amaliyot teatrida sezilarli natija ko‘rsata olmaydi, deb hisoblaydi Sputnik harbiy kuzatuvchisi Aleksandr Xrolenko.
Oq uy ma’muriyati Pentagon zahiralaridan Patriot o‘rta masofaga (80 km gacha) mo‘ljallangan havo mudofaa tizimlarining bitta batareyasini joriy haftada Kiyevga topshirish uchun zarur rasmiyatchiliklarni yakunlamoqda.
Standart Patriot batereyasi 8ta raketa uchirish moslamasi (har birida 4tadan raketa), radar, boshqaruv stansiyasi va elektr quvvat uskunalarini o‘z ichiga oladi. Batareya birvarakayiga 32 ta zenit raketasi uchirishi mumkin.
Raketa tizimining ukrainalik ekipajlari Germaniyaning Grafenver shahridagi AQSh harbiy bazasida bir necha oy davomida o‘qitiladi.
G‘arbda "Patriot" havo mudofaasi tizimi harbiy obyektlar (bazalar) va ma’muriy markazlarni ballistik va qanotli raketalar, ba’zi samolyotlar va dronlarning hujumlaridan himoya qilishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Kiyev bir necha oylardan beri Vashingtondan ushbu majmualarni so‘rab keladi. Undan umidlar juda katta. Amerika harbiy-sanoat majmuasining afsonalari aslida ko‘proq mudofaa qobiliyatini emas, ularni ko‘proq sotishga xizmat qiladi.
Aytish joizki, "Oq uy"ni texnologik jihatdan ilg‘or, amal qilish masofasi 25 kmgacha bo‘lgan Norvegiyaning NASAMS tizimlari qo‘riqlaydi. (Petriot emas)
Patriot mobil havo mudofaa tizimi 1982-yilda AQSh armiyasi tomonidan qabul qilingan va 40-yillik xizmat davomida bir necha marta modernizatsiya qilingan. E’lon qilingan masofa va ballistik nishonlarni yo‘q qilish balandligi - mos ravishda 20 km va 7 km, aerodinamik obyektlar - 80 km va 24 km. Kompleksni ishga tushirish vaqti - 30 daqiqa, nishonni aniqlash uchun 10 soniyagacha vaqt ketadi.
AWACS samolyoti yoki razvedka sun’iy yo‘ldoshi yordamida havo mudofaa tizimining radarlari 90 gradusli sektorda 100 ga yaqin havo nishonlarini aniqlash (170 km gacha) va kuzatishga qodir. Va nishonlarga 8ta raketa yordamida zarba berishi mumkin. Raketalar uchirilishi orasida interval 3 soniya. Uning zenit o‘q-dorilari narxi juda qimmat.
Avgust oyida AQSh davlat departamenti Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati 3,05 milliard dollar bo‘lgan 300 ta Patriot raketalari va tegishli jihozlarni yetkazib berishni ma’qulladi.
Ya’ni har bir raketa uchirilishi saudiyaliklarga taxminan 10,2 million dollarga tushadi. Ehtimol Ukrainaga chegirma beriladi, lekin shunday bo‘lsa-da ular o‘z narxini oqlamaydi.

Dushman samolyotlariga zarar yetmagan

Ajablanarlisi shundaki, Patriot havo mudofaasi tizimining 88 ta raketa uchiruvchi moslamalari (bir zalpda 352 zenit-raketa) 2018 va 2019-yillarda Saudiya Arabistoni havo hududini va Saudi Aramco neft kompaniyasi obyektlarini Yaman hutiy isonchilarining qanotli raketalari va uchuvchisiz apparatlaridan himoya qila olmagan edi.
Yuzlab raketalarga ega bo‘lgan AQShning PAS-2 va PAS-3 eng zamonaviy modifikatsiya havo mudofaa tizimlari birorta ham nishonni yakson qila olmadi. Bundan butun dunyo hayron bo‘ldi va birinchi marta emas.
Patriot havo mudofaa tizimi uchun birinchi sinov 1991-yilda Iroqda bo‘lgan edi. O‘shanda Iroq qo‘shinlari 90dan ortiq R-11 "Skad" rakeatalarini uchirgan edi. Patriot shundan 45tasini urib tushira olgan va buning uchun 158ta raketa sarflagan edi. Vaziyat misli tirdagidek, o‘ta qulay bo‘lishiga qaramaslan: chunki AQSh razvedkasi samolyotlari va sputniklari, Turkiya hududida joylashgan NATOning gorizont usti radalari raketalar uchirilgan zamondanoq ularni kuzatiuvga olish imkoniga ega edi.

O‘rmonga chuqurroq kirgan sari o‘tin ko‘padi

Turli mamlakatlarda o‘nlab yillar davomida ishlagan kompleks jangovar sharoitlarda nishonga urish ehtimolligi atigi 0,4 ni ko‘rsatdi. Ya’ni, 10 ta raketadan to‘rttasi tegdi.
Taqqoslash uchun, tizimning ruscha analogi "Buk-M3" havo mudofaa tizimining (70 kmgacha bo‘lgan masofa) raketalari nishonga tegish ehtimoli 0,99 ga teng.
Chet elda sotuvda muvaffaqiyatli bo‘lgan "Patriot"lar 40-yillik faoliyati davomida birorta ham dushman samolyotini urib tushirmadi. 2003-yilda Iroqda yangilangan Patriot havo mudofaa tizimlari uchta do‘stona samolyotlarni urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Amerika majmuasini ishlatish qiyin. Bu malakali mutaxassislardan iborat ko‘p sonli ekipajlarni talab qiladi va Kiyevda ularni tayyorlashga deyarli vaqt yo‘q.
Ukrainaning "Buk", S-300 havo mudofaa tizimlari va ular uchun raketalar zaxiralari deyarli nolga teng.
Ukraina Qurolli kuchlarida ham artilleriya o‘q-dorilari taqchilligi kuzatilmoqda, yer va osmondagi “qasos zarbalari” Kiyev rejimining alohida mifologiyasiga aylanib bormoqda. Donbasdagi Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalari shunchaki artilleriya o‘qlari bilan yer yuzidan o‘chirilmoqda, Ukraina Qurolli Kuchlarining chuqur orqadagi muhim obyektlari Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari bilan yo‘q qilinmoqda.
Ukraina harbiy teatrida NATOning samarali havo mudofaa tizimlarining paydo bo‘lishi - bu noilmiy fantastika sohasidir.
Amerikaning Patriot havo mudofaa tizimlarining batareyasi Rossiyaning maxsus operatsiyasi o‘tkazilayotgan hududidagi harbiy harakatlarga ta’sir qilmaydi. Bundan tashqari, avvalroq Kiyevga bir nechta IRIS-T va NASAMS havo mudofaa tizimlari yetkazib berilgan edi.
Aytish joizki, NATO davlatlarining hech birida ishonchli havo hujumidan mudofaa tizimi mavjud emas. Hatto AQShning "global" raketaga qarshi mudofaasi ham Pentagon tomonidan Rossiyaning zamonaviy "X-101" qanotli raketalariga nisbatan juda qimmat va samarasiz deb tan olingan.
Amerika radarlari mutlaq ko‘rmaydigan Rossiyaning eng so‘nggi gipertovushli raketalarini hisobga olmaganda ham.
Ukraina G‘arbning g‘ayriinsoniy tajribalari uchun maydon bo‘lib qolmoqda. Vashingtonning bevosita yoki bilvosita ishtiroki bilan kuchayish spirali quyidagilarni o‘z ichiga oladi: M-777 gaubitsalari, HIMARS tizimlari, Patriot havo mudofaa tizimlari va sun’iy yo‘ldoshdan olingan onlayn tasvirlarni Ukraina Qurolli Kuchlariga o‘tkazish, shuningdek, "Shimoliy oqim" ni portlatish va portlashda qatnashish. Qrim ko‘prigida terakt sodir etish.
The Washington Post nashri Kiyevga Moskvani, albatta, Amerika qurollari yordamida bombardimon qilishga ruxsat berishga chaqiradi (F-16 yordamida) .
Bunday vaziyatda, ma’lum bir bosqichida Rossiyadan ham mutanosib yoki assimetrik javob kutish mumkin. O‘shanda AQSh o‘zining "proksi-urush" uychasida yashirinib omon qola olmaydi.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling https://t.me/AKhrolenko
Yangiliklar lentasi
0