“Zulfiya” mukofotini olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxati kengaytiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta
Shavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin s 8-marta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Zulfiya nomidagi davlat mukofotini axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan qizlarga ham berish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti endi axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarga ham berilishi mumkin. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi prezidentning tegishli farmoniga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda.
Hozir mukofot ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.
Zulfiya nomidagi mukofot –O‘zbekiston davlat mukofotlaridan biri. U prezidentning 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan ta’sis qilingan. Mukofot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida topshiriladi.
Sovrindorlar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi (BHMning 1 baravari hozir 300 ming so‘m) mukofot puliga ega bo‘lishadi. Shuningdek, mukofot laureatlari bo‘lgan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0