Ukraina bo‘yicha tribunal tuzish g‘oyasi YeIda bir ovozdan ma’qullanmadi – Borrel

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishVerxovniy predstavitel Yevrosoyuza po inostrannim delam i politike bezopasnosti Jozep Borrel, arxivnoe foto
Verxovniy predstavitel Yevrosoyuza po inostrannim delam i politike bezopasnosti Jozep Borrel, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Borrel Ukraina bo‘yicha alohida tribunal tuzish g‘oyasi Yevropa Ittifoqi tashqi sishlar vazirlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganini tan oldi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Yevropa komissiyasining Ukraina bo‘yicha ixtisoslashgan xalqaro tribunal tuzish g‘oyasi yaqinda Brusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanmadi, deb tan oldi YeI diplomati Jozep Borrel. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Ukrainada jazosizlikka qarshi kurashish uchun Xalqaro jinoiy suddan boshqa narsa kerakmi yoki yo‘qmi degan bahs-munozaralar mavjud. Men Yevropa Komissiyasi bilan birgalikda vazirlarga taklif kiritdim va biz buni muhokama qildik, ammo aniq natija bo‘lmadi”, - deydi diplomat Brusselda inson huquqlari bo‘yicha forumdagi nutqida.
Borrel muqobil tuzilma yaratish mumkinligini qo‘shimcha qildi, biroq bu tashabbusni muhokama qilish jarayonini “aniq javobga ega bo‘lmagan qiziqarli muhokama” deb atadi.
Shu bilan birga, u YeI “jazosizlikka qarshi kurashish” uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligini qo‘shimcha qildi, biroq bu yo‘nalishdagi keyingi rejalarni e’lon qilmadi.
Yevropa komissiyasi noyabr oyi oxirida BMT shafeligida Ukraina bo‘yicha maxsus xalqaro tribunal yaratish tashabbusi bilan chiqqandi. YeK rahbari Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, komissiya tashabbusni ilgari surish uchun “xalqaro hamkorlar bilan ishlashga tayyor”.
Keyinroq Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon Yevropa Ittifoqi maxsus tribunal yaratishni rejalashtirayotgani “XJS olib borayotgan shunga o‘xshash tergovga putur yetkazishini” ta’kidladi.
Rossiya XJS a’zosi emas. Rossiyaning BMTning Jeneva shtab-kvartirasidagi doimiy vakili Gennadiy Gatilovning RIA Novostiga aytishicha, BMT shafeligida mexanizm yaratish uchun g‘oya BMT Xavfsizlik Kengashida ma’qullanishi kerak, aks holda Yevropa Ittifoqi taklif etayotgan “Ukraina bo‘yicha tribunalni” tuzish mumkin emas.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya Kiyevning Ukrainadagi harbiy jinoyatlar haqidagi ayblovlarini qat’iyan rad etadi. Tashqi ishlar vazirligi Ukraina bo‘yicha xalqaro sud yaratish g‘oyasini “tor doiradagi ish” deb atadi va u Rossiya ustidan yurisdiksiyaga ega emasligini aytdi.
Shuningdek, TIVning ta’kidlashicha, “na qonli konstitutsiyaga zid davlat to‘ntarishi, na Odessada tiriklayin yoqib yuborilgan odamlar, na Donbass aholisiga qarshi ko‘p yillik jinoyatlar hamon tergovni faollashtirish uchun asos bo‘lgan”. DXRda esa Donbass jamoatchiligi faollari Ukraina xavfsizlik kuchlarining mintaqadagi minglab harbiy jinoyatlari bo‘yicha ish materiallarini XJSga yuborgani xabar qilindi. Biroq, shikoyatlarning hech biri bo‘yicha tergov boshlanmadi.
Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tribunalga tortilishi va Kiyev rejimining Donbassning tinch aholisiga nisbatan jinoyatlari uchun javob berishi kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud prokuraturasi 2-mart kuni Ukrainadagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar yuzasidan tergov boshlagandi. XJS prokurori Karim Xon 11-mart kuni sudning tergov guruhi tergov doirasida dalillar to‘plashni boshlaganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0