Turkiya kelasi yildan sayyohlarni soliqqa tortishni boshlaydi

© Sputnik / Aleksey KudenkoStambul
Stambul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Turar-joy solig‘i talabalar va diplomatik vakolatxona xodimlaridan undirilmaydi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Turkiyada kelasi yil 1-yanvardan boshlab sayyohlardan xizmatlar narxining ikki foizi miqdorida turar-joy solig‘i undiriladi. Xorijiy davlatlarning diplomatik personali to‘lovdan ozod qilinadi, deb xabar berdi RIA Novosti NTV telekanaliga tayanib.
“Turar-joy solig‘i mehmonxonalar, dam olish qishloqlari, butik-mehmonxonalar, motellar, pansionatlar, qishloqlar, tog‘li uylar va lagerlarda bo‘lganlardan undiriladi. Tarif ikki foizni tashkil qiladi. Jamoat mehmon uylari, dam olish markazlari va oromgohlar ham soliqqa tortiladi, tunab qolish joylari bundan mustasno”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, talabalarni yotoqxonalar, xostel va oromgohlargaa joylashtirish xizmatlari ushbu to‘lovdan ozod qilingan.
“Xorijiy davlatlarning Turkiyadagi diplomatik xodimlari ham yashash uchun soliq to‘lamaydi”, - deyiladi telekanal xabarida.
Yangiliklar lentasi
0