Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Prezident shunday oilalardan biri - Inomjon va Dildora Davlatovlar xonadonida bo‘ldi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi.
Uchtepa tumanidagi mazkur oilaviy bolalar uyi Milliy gvardiya tomonidan rekonstruksiya qilinib, 12ta oila uchun sharoit yaratilgan. Barcha xonadonlar maishiy texnika, mebel va xo‘jalik jihozlari bilan ta’minlangan.
Prezident shunday oilalardan biri - Inomjon va Dildora Davlatovlar xonadonida bo‘ldi. Ular 4 nafar yetim bolani o‘z qaramog‘iga olgan.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Bolajonlar o‘z oilasi bo‘lishini orzu qilgani, davlat e’tibori bilan bu orzusi ushalganini aytishdi. Ota-onalarning o‘z farzandlari va tarbiyaga olingan bolalar shu yerdagi 238-umumta’lim maktabida ta’lim oladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi
Majmuada 2 ta sport zali, mini-futbol stadioni, o‘yin va vorkaut maydonchalari, yozgi sahna, xiyobon tashkil etilgan. Manzarali va mevali daraxt nihollari ekilgan. Mo‘’jazgina tomorqada ro‘zg‘orbop mahsulotlar yetishtiriladi.
Davlat rahbari o‘quv va sport to‘garakalarini kirib ko‘rdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi
Shu yerda Toshkent shahri tumanlarini mahallabay rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan 11 oyda poytaxtda 650ta loyiha amalga oshirilib, 30 mingta ish o‘rni yaratilgan. Xususan, Uchtepa tumanida yangi tadbirkorlik subyektlari soni 1 ming 110 taga ko‘paygan.
Toshkentda savdo, sanoat va xizmatlarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligi qayd etildi. Bundan to‘la foydalanib, poytaxtni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish vazifasi belgilandi.
Poytaxtimizda 584 ta mahalla bor. Ularni obod qilish, yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Davlat rahbari navbatdagi rejalar, aholining talab-istaklari yuzasidan mahalla raislari bilan suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi
Ulardan kelib chiqib, 44 ta ijtimoiy obyektni ta’mirlash, bolalar bog‘chasi, poliklinika, istirohat bog‘i tashkil etish choralari belgilandi.
Toshkent shahridagi 12 ta issiqlik markazining barchasi 1968-1986 yillarda qurilgan bo‘lib, uskunalari eskirgan. Shu bois, ulardan 9 tasi negizida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zamonaviy markazlar tashkil etiladi. Natijada poytaxtda har yili qo‘shimcha 3 milliard kilovatt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Yangi yil bayrami arafasida bozorlarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun, davlat tomonidan berilgan imtiyozlar natijasida bolalarni o‘z bag‘riga olayotgan oilalar ortib bormoqda. Jumladan, 131 ta oilaviy bolalar uylari tashkil etilib, 808 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyaga olingan.
Yangiliklar lentasi
0