Sardor Umurzakov Turkmaniston bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Turkmaniston O‘zbekistonga kuniga 20 mln.m3 gaz yetkazib beradi. Bu O‘zbekistonda qish kunlarida yuzaga kelgan gaz muammosi to‘liq hal qiladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. 12-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Ashxobodga tashrif buyurib, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi. Bu haqda hukumat manbalari ma’lum qildi.
Umurzakov safari chog‘ida O‘zbekistonga qo‘shimcha ravishda kuniga 20 mln kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi va shartnoma imzolandi.
Qayd etilishicha, agar bu loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda qish kunlarida yuzaga kelgan gaz muammosi to‘liq hal qilinishi mumkin.
Turkmanistonning TDH davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda Serdar Berdimuhamedov va Sardor Umurzakov mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bilan biriktirilgan strategik davlatlararo hamkorlik bundan buyon ham rivojlanib borishiga ishonch bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0