Rossiya Qirg‘izistonga gepatit V ga qarshi vaksina va emlash uchun mashina sovg‘a qildi

© Sputnik / Erkin SadikovPredstavilenie avtomobilya-"vaksinatora" na baze GAZon v Bishkeke
Predstavilenie avtomobilya-vaksinatora na baze GAZon v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qirg‘izistonga gepatitga qarshi 350 ming doza vaksina va “Vaksinator” avtomobilini yubordi
TOShKENT, 14 dek – Sputnik Rossiya Qirg‘izistonga gepatit V kasalligiga qarshi 350 ming doza vaksina yubordi. Bu haqida RIA Novostiga Rossiyaning Bishkekdagi elchixonasi xabar berdi.
“Rossiya Qirg‘izistonga “Vaksinator” avtomobili, va to‘qqizta KAMAZ bazasidagi ko‘chma (mobil) klinika yubordi. Shuningdek, gepatit V ga qarshi 350 ming doza vaksina, 225 ming OIV, zaxm (sifilis), V,S kasalliklari ekspress-testlari, 350 mingta turli axborot materiallari nusxalari yuborildi”, - deydi axborot xizmati vakili.
Unga ko‘ra, 2022-2023 yillarda katta yoshdagi aholini gepatit V ga qarshi emlash bo‘yicha 150 ming kishini emlash rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, emlash aholi uchun mutlaqo bepul bo‘ladi.
“Vaksinatsiya Rossiya Federatsiyasi tomonidan moliyalashtiradigan Sharqiy Yevropa, Kavkazoldi va Markaziy Osiyo mamlakatlariga OITS va boshqa infeksion kasalliklarga qarshi kurashda texnik yordam berish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda”, - deya xabar bermoqda diplomatik vakolatxona.
Yangiliklar lentasi
0