https://oz.sputniknews.uz/20221214/ozbekistonlik-deputatlar-rossiya-dumasida-otkazilayotgan-xalqaro-tadbirda-ishtirok-etmoqda-30739444.html
O‘zbekistonlik deputatlar Rossiya Dumasida o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda
O‘zbekistonlik deputatlar Rossiya Dumasida o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada MDH davlatlarining parlamentlararo hamkorligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. 14.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-14T18:38+0500
2022-12-14T18:38+0500
2023-04-05T18:42+0500
deputatlar
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0e/30739493_0:0:2979:1676_1920x0_80_0_0_8b78eb8bd0a54d6b806efe2e0e110e2e.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik deputatlar Rossiya Davlat Dumasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Davlat Dumasida 14-15 dekabr kunlari “MDH mamlakatlari parlamentlararo hamkorligida siyosiy partiyalar fraksiyalari va bloklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning o‘rni” III xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Moldova, Janubiy Osetiya kabi davlatlardan fraksiya rahbarlari va deputatlar ishtirok etishmoqda.Konferensiya doirasida Davlat Dumasida ishtirokchi davlatlar delegatlarining Duma fraksiyalari vakillari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Unda so‘zga chiqqan Rossiya Federal majlisi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinning so‘zlariga ko‘ra, har bir davlatning o‘ziga xos siyosiy modeli bor va yanada samaraliroq modelni ishlab chiqish uchun turli yondashuvlarni o‘rganish nihoyatda muhim.O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ilhom Abdullayev o‘z so‘zida parlament a’zolarini mamlakatlarni birlashtiruvchi qadriyatlar asosida hamkorlik qilishga chaqirdi.Ma’lumot uchun, MDH davlatlarining parlamentlararo hamkorligi bo‘yicha xalqaro konferensiya mamlakatlar parlamentariylari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun samarali platforma hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0e/30739493_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_e6038d20464972fe13b15ce5eca3e539.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
deputatlar, siyosat, o‘zbekiston, rossiya
deputatlar, siyosat, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekistonlik deputatlar Rossiya Dumasida o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda
18:38 14.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Moskvada MDH davlatlarining parlamentlararo hamkorligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik deputatlar Rossiya Davlat Dumasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Davlat Dumasida 14-15 dekabr kunlari “MDH mamlakatlari parlamentlararo hamkorligida siyosiy partiyalar fraksiyalari va bloklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning o‘rni” III xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Moldova, Janubiy Osetiya kabi davlatlardan fraksiya rahbarlari va deputatlar ishtirok etishmoqda.
Konferensiya doirasida Davlat Dumasida ishtirokchi davlatlar delegatlarining Duma fraksiyalari vakillari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan Rossiya Federal majlisi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinning so‘zlariga ko‘ra, har bir davlatning o‘ziga xos siyosiy modeli bor va yanada samaraliroq modelni ishlab chiqish uchun turli yondashuvlarni o‘rganish nihoyatda muhim.
O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ilhom Abdullayev o‘z so‘zida parlament a’zolarini mamlakatlarni birlashtiruvchi qadriyatlar asosida hamkorlik qilishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, MDH davlatlarining parlamentlararo hamkorligi bo‘yicha xalqaro konferensiya mamlakatlar parlamentariylari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun samarali platforma hisoblanadi.