O‘zbekiston va Rossiya oq va kulrang turna muhofazasi bo‘yicha hamkorlik qiladi

© Davlat ekologiya qo‘mitasi Turna
Turna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Rossiya ishchi guruhining navbatdagi uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi - tafsilotlar.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya oq va kulrang turna muhofazasi bo‘yicha hamkorlik qiladi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston - Rossiya ishchi guruhining navbatdagi uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar Bitimni amalga oshirish bo‘yicha 2019-2021 yillarga tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida bajarilgan ishlar to‘g‘risida axborot berishdi. Xususan, “Umid parvozi” xalqaro loyihasi doirasida oq turna (Leucogeranus leucogeranus) hamda kulrang turna (grus grus) muhofazasi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Shuningdek, O‘zbekiston - Rossiya ishchi guruhining Bitimni amalga oshirish bo‘yicha 2023-yil uchun ish reja tasdiqlandi va 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun, ikki idora o‘rtasidagi Bitim O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida 2013-yil 11-aprel sanasida Moskva shahrida imzolangan. Ishchi guruhning avvalgi yig‘ilishlari 2017 va 2019-yillari Sochi va Toshkent shaharlarida o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0