https://oz.sputniknews.uz/20221214/nurafshon-davlat-universiteti-tashkil-etilmoqda-30733353.html
Nurafshon davlat universiteti tashkil etilmoqda
Nurafshon davlat universiteti tashkil etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o‘quv yilida yo‘lga qo‘yiladi. 14.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-14T14:25+0500
2022-12-14T14:25+0500
2022-12-14T14:25+0500
jamiyat
nurafshon shahri
universitet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/11/21385308_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_4bf97433c21c12ffd33af715c641b64c.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi. Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hukumatning tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.Yangi oliygoh respublikada mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari hamda raqamli iqtisodiyot va IT sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, hududlarda zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etilmoqda.Universitetda o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etilishi kutilmoqda.Universitetga o‘z faoliyatini samarali tashkil etish uchun yangi o‘quv binolari, talabalar turar joylari, sport inshootlari va boshqa yordamchi binolarni qurish uchun “Nurafshon Business City” savdo markazining hududidan 10 gektar yer maydoni ajratiladi.Quyidagilar universitetning asosiy faoliyati yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi:Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o‘quv yilida yo‘lga qo‘yishni topshirgan edi.
nurafshon shahri
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/11/21385308_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_f04cb87adaa4fd05fd760b504025e3e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, nurafshon shahri, universitet
jamiyat, nurafshon shahri, universitet
Nurafshon davlat universiteti tashkil etilmoqda
15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o‘quv yilida yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi. Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hukumatning tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga
qo‘ygan. Yangi oliygoh respublikada mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari hamda raqamli iqtisodiyot va IT sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, hududlarda zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Universitetda o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etilishi kutilmoqda.
Universitetga o‘z faoliyatini samarali tashkil etish uchun yangi o‘quv binolari, talabalar turar joylari, sport inshootlari va boshqa yordamchi binolarni qurish uchun “Nurafshon Business City” savdo markazining hududidan 10 gektar yer maydoni ajratiladi.
Quyidagilar universitetning asosiy faoliyati yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi:
ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallagan professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash;
mehnat bozorida raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni, jumladan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini ta’minlash.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o‘quv yilida yo‘lga qo‘yishni topshirgan edi.