AQSh razvedkachisi Baydenni Ukrainadagi mojaroni zo‘raytirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Igor MixalevKupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.
Kupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
AQSh razvedkasining sobiq xodimasi Koffler mamlakat prezidentini Ukrainadagi mojaroni alangalatmaslikka chaqirdi
TOShKENT, 14 dek – Sputnik Bayden Ukrainadagi mojaroni alangalatishdan to‘xtashi kerak, deydi AQSh razvedkasi sobiq xodimasi Rebeka Koffler Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
“Rossiya-Ukraina mojarosini tinchlik bilan yakunlash uchun jiddiy harakatlar qilish sog‘lom aqldan bo‘ladi”, - deydi Koffler.
U shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash fonida AQSh qurol arsenali deyarli tugagani, mamlakat budjeti esa katta yo‘qotishlarga yuz tutayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Razvedkachi, qolaversa, Vladimir Zelenskiy uddalab bo‘lmas va noreal harbiy maqsadlar qo‘yganini aytdi. Ukraina rahbarining Rossiyaning mutlaqo “yangi prezidenti”bilan muzokaralar o‘tkazish istagi, uning fikricha, jiddiy shart emas. AQSh tomonidan Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalasiga to‘xtalar ekan, u yangi harbiy yordam jo‘natishga istak so‘nib borayotgani, amerikaliklar esa mojaro tinchlik yo‘li bilan hal bo‘lishini xohlashayotganini aytgan.
Kofflerning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti mojaro masalasida haqiqatdan yiroq.
“Baydenning Putinni lavozimidan chetlatish haqidagi chaqiriqlari Vashington siyosatchilarining haqiqatdan qanchalik uzoq ekanligini ko‘rsatadi. Dunyodagi eng yirik yadroviy arsenalga ega va prezidentini 75% aholisi qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatda siyosiy rejim o‘zgarishi haqida fikr qilish- o‘z-o‘zini aldash”, - deydi u.
Amerikalik siyosatchilar o‘z murojaatlarida Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan chiqib ketishi va Kiyevga Rossiya hududlarining qaytarilishi haqida gapirishgan edi. Biroq bularning barchasi Kreml tomonidan javob qaytariladigan provokatsiya sifatida qabul qilinadi. Aynan shuning uchun AQSh siyosatchilarining “talab”lari asta-sekin yumshab bormoqda.
“Bayden ma’muriyati ehtimol soliq to‘lovchilarning pullari va o‘z arsenallari tugashini, qolaversa, g‘alaba qozonish imkonsiz bo‘lgan mojaroni alangalatishni to‘xtatish kerakligini anglagan bo‘lishi mumkin”, - deya xulosa qiladi AQSh razvedkachisi.
Yangiliklar lentasi
0