Vengriya TIV: Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar YeIdagi vaziyatni yanada yomonlashtiradi

© AFP 2023 / ATTILA KISBENEDEKFlag Vengrii
Flag Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya TIV rahbari Rossiyaga qarshi sanksiyalardan yevropaliklarning o‘zi ko‘proq jabr ko‘rayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi to‘plami Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni yanada yomonlashtirishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida yozdi.
“Sanksiyalar boshi berk yo‘l ekan va ular hammaga jiddiy zarar yetkazapti, ammo, Yevropa, afsuski, haligacha bu siyosatdan voz kechmadi”, - deya ta’kidlagan Siyarto.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muhokama qilinayotgan cheklovlarning to‘qqizinchi to‘plami “ravshanki, Yevropadagi vaziyatni yanada yomonlashtiradi”.
“Oldingi sanksiyalarning sakkizta to‘plamidan ko‘rdikki, ulardan har biri bu sanksiyalar kiritilgan shaxslardan ko‘ra, bizga, yevropaliklar ko‘proq zarar keltirdi”, - degan Vengriya TIV rahbari.
U joriy qilingan sanksiyalar Ukrainadagi mojaroni tugatishga yaqinlashtirmagani, aksincha YeI mamlakatlari uchun muammo va qiyinchiliklar tug‘dirganini qayd etgan.
“O‘zimizga jabr qildik”: Avstriyaning sobiq vitse-kansleri Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0