Jamiyat

Sil va OITSga chalingan bemorlar dorilar bilan bepul taʼminlanadi

© Unsplash / Volodymyr HryshchenkoMujchina derjit lekarstvo
Mujchina derjit lekarstvo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni taʼmirlash uchun masʼullar biriktirildi.
TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Endilikda sil va OITS bilan kasallangan bemorlar dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari boʻyicha yigʻilishda shunday topshiriq berdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yigʻilishda oʻpka kasalliklari va odam immuniteti tanqisligi virusi bilan kasallanish holatlari boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan boshlab “Oʻpka salomatligi” mobil brigadalarini tashkil etib, chekka hududlarda bolalarni skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi. Tuberkulyoz infektsiyasining molekulyar-genetik diagnostikasini, yashirin infektsiyasi bor bemorlarni aniqlash va profilaktik davolash qamrovini oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Viloyat hokimlariga hududlardagi Ftiziatriya sihatgohlarini taʼmirlash va jihozlash, bakteriologiya laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligiga tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan bepul taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Bunga davlat byudjetidan 40 milliard soʻm ajratiladi.
OIV infektsiyasi boʻyicha ham tekshiruvni kengaytirib, 3 million aholini qamrab olish choralari belgilandi. Bunday bemorlar ham 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminladi. Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni taʼmirlash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga masʼullar biriktirildi.
Bularning barchasini inobatga olib, ftiziatriya, pulmonologiya va OITS yoʻnalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0