Rossiya armiyasi UQK pozitsiyasiga yangi “Tornado-G” bilan zarba berdi

Obuna bo‘lish
“Tornado-G” “Grad” zalp bilan o‘t ochuvchi raketa tizimining takomillashtirilgan versiyasi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Marinka yo‘nalishida Ukraina armiyasining pozitsiyasiga zarba berish uchun “Tornado-G” zalp bilan o‘t ochuvchi raketa tizimini qo‘lladi.
“Tornado-G” “Grad”ning takomillashtirilgan versiyasi, deya yozadi RIA Novosti.
Lavhalarda 122 millimetrli kalibr snaradi bilan dushman pozitsiyasiga aniq zarba berilgani aks etgan
“Tornado-G” reaktiv tizimi artilleriya va minomot, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari, dushmanning front ortidagi obyektlari, kuchlari va texnikalariga zarba berish uchun mo‘ljallangan. Mashina mo‘ljalga olish va o‘t ochishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlangan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0