Qaysi hudud aholisi eng tez o‘smoqda?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishNovorojdenniy
Novorojdenniy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
11 oyda qaysi hududda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani haqida ma’lumotlar ochiqlandi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston bo‘yicha 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYo organlarida 850282 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari shu yilning o‘tgan 11 oyi yakuni bo‘yicha aholisi eng tez o‘sayotgan hududlar bo‘lib turibdi.
Mamlakat bo‘yicha eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:
Qoraqalpog‘iston – 39084 ta;
Andijon viloyati – 79078 ta;
Buxoro viloyati – 41036 ta;
Jizzax viloyati – 37085 ta;
Qashqadaryo viloyati – 89792 ta;
Navoiy viloyati – 24056 ta;
Namangan viloyati – 75099 ta;
Samarqand viloyati – 101858 ta;
Surxondaryo viloyati – 74544 ta;
Sirdaryo viloyati – 21273 ta;
Toshkent viloyati – 67127 ta;
Farg‘ona viloyati – 92436 ta;
Xorazm viloyati – 40600 ta;
Toshkent shahri. – 67214 ta.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni shu yilning 9-dekabr holatiga 36 milliondan oshdi. Aholining 18,1 mln nafarini erkaklar, 17,9 mln nafarini ayollar tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0