Rossiya

Putin Yevropa mustamlakachilik siyosati oqibatlarini oʻrganishni topshirdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Putin Yevropa davlatlarining mustamlakichilik siyosatini tadqiq qilishni buyurdi.
TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Taʼlim va fan vazirligiga Yevropa davlatlarining Afrika va boshqa qitʼalardagi mustamlakachilik siyosatining kelib chiqishi, rivojlanishi va oqibatlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, shuningdek, ikkinchi “Rossiya-Afrika” sammiti uchun materiallar tayyorlash vazifasini yukladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Rossiya Taʼlim va fan vazirligi ikkinchi “Rossiya-Afrika” sammiti uchun materiallar tayyorlash, federal byudjet mablagʻlari hisobidan ilmiy tadqiqot olib boradigan ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar dasturiga Yevropa davlatlarining Afrika qitʼasi va boshqa qitʼalardagi mustamlakachilik siyosatining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi va oqibatlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni kiritishni taʼminlasin”, - deyiladi Kreml saytida eʼlon qilingan topshiriqda.

Ishni “Rossiya Fanlar akademiyasi” federal davlat byudjet muassasasi va “Rossiya tarix jamiyati” uyushmasi bilan birgalikda amalga oshirilishi taklif etilgan.
Topshiriqning oxirgi muddati – 1 fevral.
Yangiliklar lentasi
0