https://oz.sputniknews.uz/20221213/prezident-chilonzorda-aholi-xonadonlarida-bolib-issiqlik-taminoti-bilan-qiziqdi-30718535.html
Prezident Chilonzorda aholi xonadonlarida bo‘lib, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi
Prezident Chilonzorda aholi xonadonlarida bo‘lib, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Shirin mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi. 13.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-13T18:21+0500
2022-12-13T18:21+0500
2022-12-13T18:21+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
chilonzor tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0d/30718685_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_91df1fe6cff16405c2843a19557b1826.jpg
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent issiqlik markazi" korxonasining Chilonzor issiqlik markazini borib ko‘rdi.Ushbu majmua 1969-yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta ko‘p qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi.So‘nggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy ta’sir qilmoqda.Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yo‘qotishlar bor.Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.Davlat rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini ta’kidladi.Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qo‘shimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi ma’qullandi. Bunday bitta qurilma 1 ming 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi.
chilonzor tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0d/30718685_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_f77ccd77446489b979fbcd74ed722702.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, chilonzor tumani
jamiyat, shavkat mirziyoyev, chilonzor tumani
Prezident Chilonzorda aholi xonadonlarida bo‘lib, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi
Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Shirin mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent issiqlik markazi" korxonasining Chilonzor issiqlik markazini
borib ko‘rdi. Ushbu majmua 1969-yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta ko‘p qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi.
So‘nggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yo‘qotishlar bor.
Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Davlat rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini ta’kidladi.
Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qo‘shimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi ma’qullandi. Bunday bitta qurilma 1 ming 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.
Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi.