Omsk viloyati gubernatori O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Press-slujba Soveta Federatsii RF / Mediabankka o‘tishAleksandr Burkov, arxivnoe foto
Aleksandr Burkov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Aleksandr Burkov tashrif doirasida Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimlari bilan uchrashadi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Rossiyaning Omsk viloyati gubernatori Aleksandr Burkov 14-16 dekabr kunlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tashrif doirasida Burkanov Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimlari bilan uchrashadi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Rossiya delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, Omsk viloyati gubernatori “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasiga boradi.
Tashrif doirasida Navoiy viloyatidagi qator korxonalarga borish va ular faoliyati bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Jizzax viloyati va Tatariston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0