Maxsus operatsiya haqida soxta xabar tarqatgan 3,5 mingta internet-manbalar bloklandi

© GeorgejmclittlePoddelnaya novostnaya informatsiya
Poddelnaya novostnaya informatsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Internetda 5,7 ming terroristik mazmundagi materiallar bloklandi, 25 mingdan ortiq terroristik mazmundagi materiallar o‘chirildi.
TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Fevral oyidan beri maxsus operatsiya haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan 3500 dan ortiq internet-resurslar bloklandi, deb xabar beradi Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi axborot markazi.
“Roskomnadzor va huquq-tartibot idoralarining birgalikdagi faoliyati axborot makonini terrorizm mafkurasi targ‘ibotidan himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qildi. Internetda 5,7 ming terroristik mazmundagi materiallar bloklandi, 25 mingdan ortiq terroristik mazmundagi materiallar o‘chirildi.

Maxsus operatsiya boshlanganidan beri soxta ma’lumot tarqatgan 3,5 mingdan ortiq internet-resurslar bloklandi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, seshanba kuni Moskvada MAK raisi, Rossiya FSB direktori Aleksandr Bortnikov boshchiligida MAK va Federal tezkor shtabning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda 2022-yildagi ish yakunlari e’lon qilindi. sarhisob qilinib, 2023-yilga mo‘ljallangan ustuvor faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.
Yangiliklar lentasi
0