https://oz.sputniknews.uz/20221213/kiev-tinchlanmayapti-evropa-siyosatchilarining-qorqinchli-bashorati-royobga-chiqdi-30715188.html
“Kiyev tinchlanmayapti”. Yevropa siyosatchilarining qo‘rqinchli bashorati ro‘yobga chiqdi
“Kiyev tinchlanmayapti”. Yevropa siyosatchilarining qo‘rqinchli bashorati ro‘yobga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa o‘zida yo‘q qurolni Kiyevga yetkazib berishda qiynalmoqda. So‘nggi 30-yilda YeI harbiy sanoati deyarli rivojlanmagan. 13.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-13T22:06+0500
2022-12-13T22:06+0500
2022-12-13T22:06+0500
kolumnistlar
ukraina
yevropa ittifoqi
qurol-yarog‘
germaniya
polsha
fransiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0d/30714991_0:0:640:360_1920x0_80_0_0_d059fe4bbec63d458169cd40df602d4f.jpg
YeI diplomatiya rahbari Jozep Borrel Ukrainadagi mojaro tufayli qurol zaxiralari tugab borayotganidan arz-dod qildi. Bu Yevroittifoqqa qanday xavf tug‘dirishi mumkin? – RIA Novosti materialida batafsil.Ombordan emas, armiyadanBorrelning alohida ta’kidlashicha, Kiyev harbiy yordamni armiyalar omborlaridan emas, balki foydalanayotgan arsenallardan bermoqda. Soddaroq aytganda, Ukraina Qurolli kuchlarini qurollantirib, YeI xonavayron bo‘lmoqda.Shu bilan birga, amaldor Ukraina g‘alaba qozonmaguncha” qurol yetkazib berish tezligini sekinlashtirmaslikni taklif qildi. Ammu bunga hamma ham rozi emas.Italiya mudofaa vaziri Guidzo Krozetto minimum yil so‘nggiga qadar mamlakat Ukrainaga qurol yetkaza olmasligini ma’lum qildi.“Ko‘ramiz, hukumat qanday qaror qabul qiladi”, - deya qo‘shimcha qildi u.Kim qancha bera oladi?Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Yevropa Ittifoqiga juda qimmatga tushmoqda. Germaniyaning Statista portali ma’lumotlariga ko‘ra, millatlararo Yevropa tuzilmalari buning uchun 34,99 millard yevro xarajat qilgan. Undan 30,32 milliardi- moliyaviy ko‘mak, 3,1 – harbiy, 1,57 – gumanitar yordam.Davlatlar darajasida Germaniya yetakchilik qilmoqda. Berlin Kiyev uchun besh yarim milliard yevro miqdorida yordam ajratgan. Qariyb 1,15 milliard iqtisodiyotga sarmoya sifatida ketgan, 1,95 – gumanitar, yana 2,35 – harbiy yordami.Ikkinchi o‘rinda esa harbiy va iqtisodiy holatdan kelib chiqqanda kutilmaganda Polsha turibdi. Varshava uch milliard dollar miqdorida yordam bergan. Yarmidan ko‘pi-1,82 milliardi- armiya uchun yo‘naltirilgan.Uchinchi o‘rinda 1,41 milliard yevroga xotamtoylik qilgan Fransiya turibdi: 800 million- moliyaviy, 140-gumanitar, 470- harbiy yordam.Ammo bu raqamlarning hammasi mutlaq, boshqa bir ko‘rsatkich- Yevropa mamlakatlari ajratgan yordamning o‘z YaIMga nisbatidir. Va bunda yetakchilar deyarli umuman boshqacha:Ta’kidlab o‘tish lozimki, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Estoniya mudofaa uchun o‘z YaIMning qariyb 2,3 foizini sarflaydi.Qaytmas pullarBahor boshida Yevropa Ittifoqi Kiyevga berilgan harbiy yordamni qoplash uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan foydalanmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi. Biroq, Politico nashriga ko‘ra, Brussel qo‘llab-quvvatlash miqdorini kam deb baholagan.Budjeti 2027-yilgacha 5,63 milliard bo‘lgan ushbu jamg‘arma o‘tgan yili dunyoning turli mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan. Qo‘llab-quvvatlashga 2022-yilda uchun atigi yarim milliard yevro sarflanishi prognoz qilingan. Keyin Rossiyaning harbiy maxsus operatsiyasi tufayli bu pullar bir yarim milliardga ko‘paytirildi. Hammasi, kutilganidek, Kiyevning ehtiyojlariga ketdi.Noyabrga kelib faqat mana shu liniya bo‘yicha xarajatlar 3,1 milliard dollarni tashkil etgan.“Bonsay-armiyalar” o‘rmoniKeyingi yil ham Kiyevga bundan kam yordam ajratilmaydi: dushanba kuni oqshomda Borrel 2023-yilda ikki milliard yevro ajratilishini ma’lum qildi. Vaholanki, u to‘rt oy avval bunday yondavshuvning xavfli ekanini aytgan edi.“YeI qurolli kuchlari xuddi “bonsay-armiya”ga o‘xshab qolgan: haqiqiyga o‘xshaydi, ammo Rossiya bilan keng qamrovli qarama-qarshilik uchun ularda resurslar juda kam”, - deya tan olgan edi amaldor.Yevropaliklarni qo‘rqitayotgan bayonot – bu haqiqatlarning hammasi emas, deydi harbiy ekspert Aleksey Leonkov.Texnika parklari alohida mavzu, deydi u. Masalan, Germaniyaning Leopard II tanklarining 45% harbiy harakatlarga tayyor, qolgani ta’mirga muhtoj.“Muammo yevropaliklarning qurollari tugab borayotganida emas, balki mahalliy harbiy sanoat kompleksi bularni o‘rnini to‘ldira olmasligida, - deya alohida ta’kidladi Leonkov. – 90- 2000-yillarda Yevropa harbiy sanoati Amerikaniki bilan raqobat qiladigan darajada bo‘lgan bo‘lsa, hozir u ancha kuchsizlanib qolgan”.Va hozircha u Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni uddalay olishi ham noma’lum. Ayniqsa, siyosatchilarning yordam hajmini oshirish haqidagi balanparvoz va’dalari fonida.
ukraina
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0d/30714991_80:0:560:360_1920x0_80_0_0_8bcde4ac09233a1b76c1b0be3208e120.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, ukraina, yevropa ittifoqi, qurol-yarog‘, germaniya, polsha, fransiya
kolumnistlar, ukraina, yevropa ittifoqi, qurol-yarog‘, germaniya, polsha, fransiya
“Kiyev tinchlanmayapti”. Yevropa siyosatchilarining qo‘rqinchli bashorati ro‘yobga chiqdi
Yevropa o‘zida yo‘q qurolni Kiyevga yetkazib berishda qiynalmoqda. So‘nggi 30-yilda YeI harbiy sanoati deyarli rivojlanmagan.
YeI diplomatiya rahbari Jozep Borrel Ukrainadagi mojaro tufayli qurol zaxiralari tugab borayotganidan arz-dod qildi. Bu Yevroittifoqqa qanday xavf tug‘dirishi mumkin? – RIA Novosti materialida batafsil.
Borrelning alohida ta’kidlashicha, Kiyev harbiy yordamni armiyalar omborlaridan emas, balki foydalanayotgan arsenallardan bermoqda. Soddaroq aytganda, Ukraina Qurolli kuchlarini qurollantirib, YeI xonavayron bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, amaldor Ukraina g‘alaba qozonmaguncha” qurol yetkazib berish tezligini sekinlashtirmaslikni taklif qildi. Ammu bunga hamma ham rozi emas.
Italiya mudofaa vaziri Guidzo Krozetto minimum yil so‘nggiga qadar mamlakat Ukrainaga qurol yetkaza olmasligini ma’lum qildi.
“Ko‘ramiz, hukumat qanday qaror qabul qiladi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Yevropa Ittifoqiga juda qimmatga tushmoqda. Germaniyaning
Statista portali ma’lumotlariga ko‘ra, millatlararo Yevropa tuzilmalari buning uchun 34,99 millard yevro xarajat qilgan. Undan 30,32 milliardi- moliyaviy ko‘mak, 3,1 – harbiy, 1,57 – gumanitar yordam.
Davlatlar darajasida Germaniya yetakchilik qilmoqda. Berlin Kiyev uchun besh yarim milliard yevro miqdorida yordam ajratgan. Qariyb 1,15 milliard iqtisodiyotga sarmoya sifatida ketgan, 1,95 – gumanitar, yana 2,35 – harbiy yordami.
Ikkinchi o‘rinda esa harbiy va iqtisodiy holatdan kelib chiqqanda kutilmaganda Polsha turibdi. Varshava uch milliard dollar miqdorida yordam bergan. Yarmidan ko‘pi-1,82 milliardi- armiya uchun yo‘naltirilgan.
Uchinchi o‘rinda 1,41 milliard yevroga xotamtoylik qilgan Fransiya turibdi: 800 million- moliyaviy, 140-gumanitar, 470- harbiy yordam.
Ammo bu raqamlarning hammasi mutlaq, boshqa bir ko‘rsatkich- Yevropa mamlakatlari ajratgan yordamning o‘z YaIMga nisbatidir. Va bunda yetakchilar deyarli umuman boshqacha:
Ta’kidlab o‘tish lozimki, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Estoniya mudofaa uchun o‘z YaIMning qariyb 2,3 foizini sarflaydi.
Bahor boshida Yevropa Ittifoqi Kiyevga berilgan harbiy yordamni qoplash uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan foydalanmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi. Biroq,
Politico nashriga ko‘ra, Brussel qo‘llab-quvvatlash miqdorini kam deb baholagan.
Budjeti 2027-yilgacha 5,63 milliard bo‘lgan ushbu jamg‘arma o‘tgan yili dunyoning turli mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan. Qo‘llab-quvvatlashga 2022-yilda uchun atigi yarim milliard yevro sarflanishi prognoz qilingan. Keyin Rossiyaning harbiy maxsus operatsiyasi tufayli bu pullar bir yarim milliardga ko‘paytirildi. Hammasi, kutilganidek, Kiyevning ehtiyojlariga ketdi.
Noyabrga kelib faqat mana shu liniya bo‘yicha xarajatlar 3,1 milliard dollarni tashkil etgan.
“Bonsay-armiyalar” o‘rmoni
Keyingi yil ham Kiyevga bundan kam yordam ajratilmaydi: dushanba kuni oqshomda Borrel 2023-yilda ikki milliard yevro ajratilishini ma’lum qildi. Vaholanki, u to‘rt oy avval bunday yondavshuvning xavfli ekanini aytgan edi.
“YeI qurolli kuchlari xuddi “bonsay-armiya”ga o‘xshab qolgan: haqiqiyga o‘xshaydi, ammo Rossiya bilan keng qamrovli qarama-qarshilik uchun ularda resurslar juda kam”, - deya tan olgan edi amaldor.
Yevropaliklarni qo‘rqitayotgan bayonot – bu haqiqatlarning hammasi emas, deydi harbiy ekspert Aleksey Leonkov.
“Yevropaliklar chindan ham omborlarda bor qurollarni yetkazib berdi, ular bunga tayyor emasdi, - deydi u. Ular sovet davridagi texnikalar va kurol-yaroqlar bilan cheklanishni rejalantirishgandi. Biroq bu zaxiralar tezda tugadi va NATO qurollarini yetkazib berish boshlandi. Qolaversa, ta’minotning katta qismida foydalanishdan chiqarilgan yaroqsiz qurollar namunalari ham bor edi”.
Texnika parklari alohida mavzu, deydi u. Masalan, Germaniyaning Leopard II tanklarining 45% harbiy harakatlarga tayyor, qolgani ta’mirga muhtoj.
“Muammo yevropaliklarning qurollari tugab borayotganida emas, balki mahalliy harbiy sanoat kompleksi bularni o‘rnini to‘ldira olmasligida, - deya alohida ta’kidladi Leonkov. – 90- 2000-yillarda Yevropa harbiy sanoati Amerikaniki bilan raqobat qiladigan darajada bo‘lgan bo‘lsa, hozir u ancha kuchsizlanib qolgan”.
Va hozircha u Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni uddalay olishi ham noma’lum. Ayniqsa, siyosatchilarning yordam hajmini oshirish haqidagi balanparvoz va’dalari fonida.