https://oz.sputniknews.uz/20221213/joriy-yilda-qancha-fuqaro-tashkillashtirilgan-tartibda-xorijda-ishga-joylashtirildi-30720800.html
Joriy yilda qancha fuqaro tashkillashtirilgan tartibda xorijda ishga joylashtirildi
Joriy yilda qancha fuqaro tashkillashtirilgan tartibda xorijda ishga joylashtirildi
Hozirda Rossiya hududida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1500 nafar fuqaro yuborilgan. 13.12.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-12-13T20:19+0500
2022-12-13T20:19+0500
2022-12-13T20:19+0500
migratsiya
migrantlar
migratsiya
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1e/15899624_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_884df8855045379b8c76ee071609c0ae.jpg
TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Joriy yilda 35 mingga yaqin fuqaro xorijiy davlatlarda manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi. Bu haqda AOKAda Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistondan ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan 112 ta shartnoma hamda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan 22 ta memorandum imzolanishiga erishilgan.Joriy yilda 35 mingga yaqin fuqaro Rossiya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Serbiya, Germaniya, Angliya va boshqa xorijiy davlatlarda manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi.Agentlik bilan hamkorlik kelishuvi imzolagan mazkur ish beruvchi va rekruting agentliklarining 82 tasida 14130 ta ish oʻrinlari aniqlandi.Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan oltita memorandum imzolangan.Ayni kungacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik kelishuviga ega ish beruvchi va rekruting agentliklari soni 509 tani tashkil etdi.Ish beruvchilar talablari asosida yil boshidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagida boʻlgan 50,7 ming nafardan ortiq fuqarolar 30 ga yaqin kasblarga kasb-hunarga va 6 ta chet tillariga oʻqishga jalb qilindi.Joriy yilda subsidiya hisobiga “Oʻzagrosugʻurta” AJ va uning filiallari tomonidan 164 ming 379 nafar mehnat migrantlarining hayoti va sogʻligʻi sugʻurta qilindi.Xorijga chiqib ketayotgan 1618 nafar fuqaroga 3 milliard 236 million soʻm miqdorida mikroqarz berilgan va kredit qaytmaslik tavakkalchiligi sugʻurta qilingan.Yil boshidan “Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan 2699 nafar fuqarolar uchun imtihon xarajatlari hamda 143 nafar fuqaroning yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya toʻlangan.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1e/15899624_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_89233ad0688910f30b97c4b3e42ae467.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
migrantlar, migratsiya, oʻzbekiston
migrantlar, migratsiya, oʻzbekiston
Joriy yilda qancha fuqaro tashkillashtirilgan tartibda xorijda ishga joylashtirildi
Hozirda Rossiya hududida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1500 nafar fuqaro yuborilgan.
TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Joriy yilda 35 mingga yaqin fuqaro xorijiy davlatlarda manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi. Bu haqda AOKAda Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistondan ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan 112 ta shartnoma hamda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan 22 ta memorandum imzolanishiga erishilgan.
“Har yili Oʻzbekiston mehnat bozoriga 600 000 nafar ishchi kuchi kirib keladi. Biz ularni toʻliq ish bilan taʼminlash hamda xorijda ham munosib ish topishlari uchun masʼulmiz. Pandemiyadan keyin jahon mehnat bozorida sifatli ishchi kuchiga talab yanada ortdi”, - dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Zohid Asqarov.
Joriy yilda 35 mingga yaqin fuqaro Rossiya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Serbiya, Germaniya, Angliya va boshqa xorijiy davlatlarda manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi.
Agentlik bilan hamkorlik kelishuvi imzolagan mazkur ish beruvchi va rekruting agentliklarining 82 tasida 14130 ta ish oʻrinlari aniqlandi.
Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan oltita memorandum imzolangan.
Ayni kungacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik kelishuviga ega ish beruvchi va rekruting agentliklari soni 509 tani tashkil etdi.
Ish beruvchilar talablari asosida yil boshidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagida boʻlgan 50,7 ming nafardan ortiq fuqarolar 30 ga yaqin kasblarga kasb-hunarga va 6 ta chet tillariga oʻqishga jalb qilindi.
“Hozirda Rossiya hududida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1500 nafar fuqaro yuborilgan. Ular qurilish, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa yoʻnalishlarda ishlamoqda”, - dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshligʻi Bahrom Abduvaliyev
Joriy yilda subsidiya hisobiga “Oʻzagrosugʻurta” AJ va uning filiallari tomonidan 164 ming 379 nafar mehnat migrantlarining hayoti va sogʻligʻi sugʻurta qilindi.
Xorijga chiqib ketayotgan 1618 nafar fuqaroga 3 milliard 236 million soʻm miqdorida mikroqarz berilgan va kredit qaytmaslik tavakkalchiligi sugʻurta qilingan.
Yil boshidan “Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan 2699 nafar fuqarolar uchun imtihon xarajatlari hamda 143 nafar fuqaroning yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya toʻlangan.