https://oz.sputniknews.uz/20221213/ilmiy-darajaga-ega-tibbiyot-xodimlariga-qoshimcha-haq-tolash-tartibi-belgilandi-30700128.html
Ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadi
Ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadi
Sputnik O‘zbekiston
Nizom talablari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarining qo‘shimcha haq oladigan tibbiyot xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 13.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-13T17:47+0500
2022-12-13T17:47+0500
2022-12-13T18:50+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
shifokor
oylik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_399:23:3040:1508_1920x0_80_0_0_dffc5b59b8151aad883e0ff980f73eb3.jpg
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.Nizom bilan davlat davolash-profilaktika muassasalarida tibbiyot sohasida ilmni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga har oylik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilandi.Xodimga qo‘shimcha haq uning joriy yil (kalendar yil) mobaynidagi faoliyati natijalari tahliliga asosan kelgusi yil uchun belgilanadi.Qo‘shimcha haq miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda, biroq bir stavkadan ortiq bo‘lmagan miqdorda har oyda hisoblanadigan lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi.Qo‘shimcha haq miqdori bir oyda – fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi kerak.Mazkur nizom talablari Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarining qo‘shimcha haq oladigan tibbiyot xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e273784e2c41d01d449f2294220121c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tibbiyot muassasi, shifokor, oylik
jamiyat, tibbiyot muassasi, shifokor, oylik
Ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadi
17:47 13.12.2022 (yangilandi: 18:50 13.12.2022) Nizom talablari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarining qo‘shimcha haq oladigan tibbiyot xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida
xabar berildi.
Nizom bilan davlat davolash-profilaktika muassasalarida tibbiyot sohasida ilmni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga har oylik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilandi.
Shunga ko‘ra, muassasalarning fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xodimlariga asosiy ish joyi bo‘yicha har oylik qo‘shimcha haq belgilanadi.
Xodimga qo‘shimcha haq uning joriy yil (kalendar yil) mobaynidagi faoliyati natijalari tahliliga asosan kelgusi yil uchun belgilanadi.
Qo‘shimcha haq miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda, biroq bir stavkadan ortiq bo‘lmagan miqdorda har oyda hisoblanadigan lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi.
Xodim bir nechta muassasada qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, u asosiy ish joyi bo‘yicha qo‘shimcha haq olish huquqiga ega bo‘ladi.
Qo‘shimcha haq miqdori bir oyda – fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi kerak.
Mazkur nizom talablari Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarining qo‘shimcha haq oladigan tibbiyot xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.