https://oz.sputniknews.uz/20221213/etishtirilayotgan-baliq-turlari-15-20-taga-etkaziladi-30716215.html
Yetishtirilayotgan baliq turlari 15-20 taga yetkaziladi
Yetishtirilayotgan baliq turlari 15-20 taga yetkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti xorijiy yordamida O‘zbekistonda sanoat miqyosida yetishtirilayotgan baliq turlari soni oshadi. 13.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-13T19:43+0500
2022-12-13T19:43+0500
2022-12-13T19:43+0500
iqtisod
o‘zbekiston
baliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0e/22192546_0:67:3072:1795_1920x0_80_0_0_a5486a503d50666fed396b283dd2b2ab.jpg
TOShKENT, 13 dek - Sputnik. O‘zbekistonda yangi baliq turlari iqlimlashtirilishi natijasida sanoat miqyosida yetishtirilayotgan baliq turlari bugungi 4-5 tadan 15-20 taga yetkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyeva ma’lum qildi.Ushbu maqsadda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida mahalliy baliqlar genofondini yaxshilash maqsadida, Belorusiya baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlikka asosan institut xo‘jaliklaridan 500 ming dona loxva tangali karp, 100 ming dona nemis yaltiroq karp, 50 ming dona oq amur va 50 ming dona chipor do‘ngpeshona naslli zot lichinkalari olib kelinib, alohida hovuzlarda o‘stirish ishlari tashkil etildi. Shu bilan birga, institutda yangidan tashkil etilgan yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida 500 dona osotr, 200 dona tilyapiya va 200 dona afrika laqqasi genofondi yaratilib, hozirda iqlimlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jahonda iste’mol ahamiyati yuqori, eksportbob bo‘lgan, respublikamiz iqlim sharoitiga har tomonlama mos yangi baliq turlarini olib kelish va iqlimlashtirish ishlari davom ettiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0e/22192546_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2deaab1fcc4f5e609edb5095f62e0585.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, baliq
iqtisod, o‘zbekiston, baliq
Yetishtirilayotgan baliq turlari 15-20 taga yetkaziladi
Baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti xorijiy yordamida O‘zbekistonda sanoat miqyosida yetishtirilayotgan baliq turlari soni oshadi.
TOShKENT, 13 dek - Sputnik. O‘zbekistonda yangi baliq turlari iqlimlashtirilishi natijasida sanoat miqyosida yetishtirilayotgan baliq turlari bugungi 4-5 tadan 15-20 taga yetkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyeva
ma’lum qildi.
"Hosildorlikni yanada oshirish maqsadida, so‘nggi 4-5 yil davomida respublikaga bir nechta baliq turlari olib kirilib, iqlimlashtirish ishlari amalga oshirildi. Respublikaga kamalak forel, tillarang forel, sterlyad osotr, somga, losos, klariyev laqqasi, tilyapiya, koya, vetnam va venger karpi kabi yangi baliq turlarining iqlimlashtirilishi natijasida sanoat usulida yetishtiriluvchi baliq turlari soni 4-5 tadan 15-20 taga yetkazildi", - deyiladi xabarda.
Ushbu maqsadda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida mahalliy baliqlar genofondini yaxshilash maqsadida, Belorusiya baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Hamkorlikka asosan institut xo‘jaliklaridan 500 ming dona loxva tangali karp, 100 ming dona nemis yaltiroq karp, 50 ming dona oq amur va 50 ming dona chipor do‘ngpeshona naslli zot lichinkalari olib kelinib, alohida hovuzlarda o‘stirish ishlari tashkil etildi.
Shu bilan birga, institutda yangidan tashkil etilgan yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida 500 dona osotr, 200 dona tilyapiya va 200 dona afrika laqqasi genofondi yaratilib, hozirda iqlimlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jahonda iste’mol ahamiyati yuqori, eksportbob bo‘lgan, respublikamiz iqlim sharoitiga har tomonlama mos yangi baliq turlarini olib kelish va iqlimlashtirish ishlari davom ettiriladi.