Tuman sabab Moskvadan Qarshiga uchgan samolyot Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi

Samolet aviakompanii "Azimut" v aeroportu Tashkenta.
Samolet aviakompanii Azimut v aeroportu Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
100 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot noqulay ob-havo sabab Samarqandga qo‘ndirildi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Bugun, 12-dekabr kuni “Azimut” aviakompaniyasining Moskva–Qarshi yo‘nalishida parvoz qilgan samolyoti Qarshi aeroportini qalin tuman qoplagani tufayli Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar berdi.
Tuman sabab aeroportda ko‘rish darajasi pasaygan (400 metr), bundan tashqari kuchli shamol ham kuzatilgan.
“Bugun tongda Moskvaning “Vnukovo” aeroportidan Qarshi xalqaro aeroportiga yetib kelishi kerak bo‘lgan havo kemasi (AZO-7095 aviareysi) Qarshi shahrida kuzatilayotgan quyuq tuman tufayli parvozning xavfsizligi inobatga olinib Samarqand aeroportiga qo‘ndirildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Qarshida ayni paytda ham xuddi shunday ob-havo kuzatilmoqda hamda 100 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot Samarqandda bo‘lib turibdi. Tuman tarqalishi, ko‘rish imkoniyati yaxshilanishi va ob-havo parvozlar xavfsizligiga xalal bermaydigan bo‘lishi bilan havo kemasi Qarshi shahriga yetib keladi.
Shuningdek, mazkur samolyot bilan Moskva shahriga jo‘nab ketuvchilar bu haqda ogohlantirilayotgani ta’kidlangan. Ularga parvoz vaqtini aloqa markazidan yoki onlayn jadval orqali aniqlashtirish tavsiya etilgan.
Yangiliklar lentasi
0