Toshkent – Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

© Mintrans UzbekistanaPoyezd
Poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent – Urganch yo‘nalishidagi reyslar ko‘paytiriladi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 2022-yilning 18, 20, 23, 25, 27, 30-dekabr va 2023-yilning 3, 6, 8, 10, 13, 15-yanvar kunlari Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 12 ta qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
156-sonli Toshkent — Urganch yo‘nalishi:
Toshkent 00:05 — Urganch 14:23
155-sonli Urganch — Toshkent yo‘nalishi:
Urganch 17:35 — Toshkent 06:54
Avvalroq 12-dekabrdan Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0