Rossiyaning "Svetofor" savdo tarmog‘i O‘zbekistonga kirapti

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPlodoovoshnaya produksiya
Plodoovoshnaya produksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Ilk do‘konlar yaqin kunlarda Toshkent, Farg‘ona va Andijonda ochiladi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Rossiyaning “Svetofor” savdo tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda, birinchi do‘konlar shu haftada ochilishi kutilyapti. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
“Mamlakatdagi ilk do‘konlarning ochilishi 14-dekabr kuni Toshkentda, 15-dekabr kuni Farg‘ona va Andijonda bo‘lib o‘tadi. “Svetofor” – Rossiyadagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biri bo‘lib, u narxlar past savdo do‘konlarini o‘z ichiga oladi”, - deyiladi vakolatxona xabarida.
“Svetofor” – Rossiyaning arzon narxli supermarketlar tarmog‘i. 2020-yil yakunlariga ko‘ra, u Rossiyadagi iste’mol tovarlari bo‘yicha yettita yirik chakana savdo tarmog‘idan biridir. Aylanmasi, do‘konlar soni bo‘yicha tarmoq kuchli beshlikdan, mintaqaviy qamrov bo‘yicha birinchi o‘rinda – 76 ta hudud turadi.
“Svetofor”ning ilk do‘konlari 2009-yilda ochilgan. Uch yilda do‘konlar soni 37 taga yetgan. 2021-yil boshida do‘konlar soni 2200 tani tashkil etgan. 2020-yilda kompaniyaning aylanmasi 189 mlrd rublni tashkil qilgan.
2017 yilda “Svetofor” Rossiyadan tashqarida, xususan, Belarus va Qozog‘istonda ham savdo do‘konlarini ochishni boshlagan. Svetofor bir qator mamlakatlar bozorlariga, birinchi navbatda, Yevropa Ittifoqiga, "Mere" savdo belgisi ostida kirgan. 2018-yildan 2021-yil boshigacha Mere do‘konlari Ruminiya, Germaniya, Litva, Polsha, Ukraina va Serbiyada ochilgan.
Tarmoqning asosiy maqsadi viloyatda aholini eng arzon narxlarda tovarlar bilan ta’minlashdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0