Qozog‘istonda amaldorlar ishi aniq natijalarga qarab baholanadi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti mamlakatda amalga oshirish rejalashtirilgan tadbirlar o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilishi shartligini ta’kidladi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Qozog‘istonda har bir vazir va hokim faoliyati statistik hisobotlarga ko‘ra emas, balki aniq va sezilarli natijalar asosida baholanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari fuqarolar davlat olib borayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi. Xalq haqiqiy o‘zgarishlarni kutmoqda, uzoq kelajakda emas, balki hozirdanoq. Biz xalq ishonchini oqlashimiz shart”, - dedi Toqayev.
Qozog‘iston rahbari respublikada savlovoldi dasturini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar rejasi qabul qilinganini eslatdi.
“Barcha tadbirlar o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilishi shart. Har bir vazir va hokim faoliyati statistik hisobotlarga ko‘ra emas, balki aniq va sezilarli natijalar asosida baholanadi”, - dedi u.
Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi 20-noyabrda bo‘lib o‘tdi. Unda Toqayev 81,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Yangiliklar lentasi
0