Putin Aliyev bilan Qorabog‘ kelishuvini muhokama qildi

© Sputnik / Aleksei Druzhinin / Mediabankka o‘tish Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya razgovora po telefonu
 Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya razgovora po telefonu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari telefon orqali uch tomonlama kelishuvni muhokama qildi
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Boku, Yerevan va Moskva o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishni muhokama qildi. Bu haqda bugun, 12-dekabr kuni Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasida 2020-yil 9-noyabr, 2021-yil 11-yanvar va 26-noyabr va joriy yil 31-oktabrdagi kelishuvlarni amalga oshirishning ayrim amaliy jihatlari, jumladan, Janubiy Kavkazda iqtisodiy va logistika aloqalarini tiklash rejalari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

Kreml kelgusida ham aloqalarni davom ettirish haqida ham kelishib olinganini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari oxirgi marta 26 va 22 noyabr kunlari telefon orqali gaplashgandi. O‘shanda davlat rahbarlari uch tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, Armaniston-Ozarbayjon chegarasida xavfsizlikni ta’minlash va Janubiy Kavkazda transport aloqalarini tiklash masalalarini muhokama qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0