Jahon sporti afsonasi Irina Rodnina O‘zbekistonga keldi

© Ministerstvo razvitiya sportaIrina Rodnina priyexala v Uzbekistan
Irina Rodnina priyexala v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi deputati, figurali uchish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining 3 karra g‘olibi, 10 karra jahon chempioni Toshkentda MDH ziyolilari forumida ishtirok etadi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Kecha, 12-dekabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati, figurali uchish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining 3 karra g‘olibi, 10 karra jahon chempioni Irina Rodnina O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 12-13 dekabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi XV Ijodiy va ilmiy ziyolilari forumi bo‘lib o‘tadi. Rodnina ham shu munosabat bilan O‘zbekistonga kelgan.
Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdulla Aslonov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov kutib olgan.
Bugun forumning asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Unda mintaqada turli sohalardagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro hamkorlik rivojini yangi bosqichga olib chiqish kabi yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilinib, mutasaddilar ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0