https://oz.sputniknews.uz/20221212/ei-davlatlari-30675956.html
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini kelisha olmayapti
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini kelisha olmayapti
Sputnik O‘zbekiston
Ittifoq Rossiya va Eronga qarshi navbatdagi sanksiyalar navbatdagi TIV rahbarlari yig‘ilishida muhokama qilinadi. 12.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-12T19:42+0500
2022-12-12T19:42+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
yevropa ittifoqi
sanksiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23244079_0:164:3059:1884_1920x0_80_0_0_5fa2cee4d88491ab238783b0a636f19d.jpg
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi bo‘yicha haligacha kelisha olmadi, dedi ittifoqning tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ittifoq tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan oldin.Diplomatning aniqlik kiritishicha, u Rossiyaga qarshi yangi choralar dushanba yoki seshanba kuni kelishib olinishiga umid qilmoqda, biroq bu oson bo‘lmaydi, chunki “a’zo davlatlar o‘rtasida turli fikrlar mavjud”.“O‘zimizga jabr qildik”: Avstriyaning sobiq vitse-kansleri Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqidaYevropa Komissiyasi o‘tgan chorshanba kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha takliflarni taqdim etdi. Unda energetika sohasiga qarshi qo‘shimcha choralar, jumladan, tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritishni, dronlarni eksport qilishni taqiqlash, shuningdek, eksport cheklovlarini kengaytirish, ayniqsa, ikki maqsadli tovarlarga nisbatan qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 200 ga yaqin shaxs va tashkilotlarga nisbatan shaxsiy cheklov choralari qo‘llanilishi rejalashtirilgan. Gap harbiy, harbiy-sanoat majmuasi korxonalari, Davlat Dumasi va Federatsiya Kengashi a’zolari, vazirlar, siyosiy partiyalar, viloyatlar rahbarlari haqida bormoqda. To‘rtta telekanal va uchta bank, jumladan, Butunrossiya mintaqaviy taraqqiyot banki cheklovlar ostida qolishi kutilmoqda.G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi va birin-ketin shaxsiy va iqtisodiy cheklov choralarini ichiga olgan sakkizta sanksiyalar paketini qabul qildi. Oqibatda Yevropa va AQShning o‘zida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlari ko‘tarildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23244079_163:0:2894:2048_1920x0_80_0_0_e8e7abbdc6fa1e31b98b4840ecac0dbc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
dunyoda, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini kelisha olmayapti
19:42 12.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Ittifoq Rossiya va Eronga qarshi navbatdagi sanksiyalar navbatdagi TIV rahbarlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi bo‘yicha haligacha kelisha olmadi, dedi ittifoqning tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ittifoq tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan oldin.
“Bu juda uzoq va murakkab tashqi ishlar vazirligi kengashi bo‘ladi, chunki kun tartibida Eron va Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketi bor. Bu borada hali kelishuvga erishganimiz yo‘q, u hali yakuniga yetmagan, biz taklif qilganmiz, vazirlar ham buni ma’qullashi kerak, turlicha yondashuvlar bor”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.
Diplomatning aniqlik kiritishicha, u Rossiyaga qarshi yangi choralar dushanba yoki seshanba kuni kelishib olinishiga umid qilmoqda, biroq bu oson bo‘lmaydi, chunki “a’zo davlatlar o‘rtasida turli fikrlar mavjud”.
Yevropa Komissiyasi o‘tgan chorshanba kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha takliflarni taqdim etdi. Unda energetika sohasiga qarshi qo‘shimcha choralar, jumladan, tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritishni, dronlarni eksport qilishni taqiqlash, shuningdek, eksport cheklovlarini kengaytirish, ayniqsa, ikki maqsadli tovarlarga nisbatan qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 200 ga yaqin shaxs va tashkilotlarga nisbatan shaxsiy cheklov choralari qo‘llanilishi rejalashtirilgan. Gap harbiy, harbiy-sanoat majmuasi korxonalari, Davlat Dumasi va Federatsiya Kengashi a’zolari, vazirlar, siyosiy partiyalar, viloyatlar rahbarlari haqida bormoqda. To‘rtta telekanal va uchta bank, jumladan, Butunrossiya mintaqaviy taraqqiyot banki cheklovlar ostida qolishi kutilmoqda.
G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi va birin-ketin shaxsiy va iqtisodiy cheklov choralarini ichiga olgan sakkizta sanksiyalar paketini qabul qildi. Oqibatda Yevropa va AQShning o‘zida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlari ko‘tarildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.