https://oz.sputniknews.uz/20221212/angren-neft-bazasi-30663964.html
Angren neft bazasida 11,5 ming litr benzin oqib ketdi
Angren neft bazasida 11,5 ming litr benzin oqib ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Yonilg‘i lotok orqali zavod hududidan tashqariga oqib chiqqan. 12.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-12T10:11+0500
2022-12-12T10:11+0500
2022-12-12T10:11+0500
jamiyat
neft
angren shahri
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/237/15/2371552_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_6e2903ab8d9950f58c7870a816ecabc0.jpg
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Uning ortidan odamlar sizib chiqayotgan neftni idishlarga quyib olayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi.Korxona boshlig‘i D.Azimov bu xabarga munosabat bildirdi, deb xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angren neft bazasi hududida 5000 m (kub) hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilgan.Oqibatda sig‘imda bo‘lgan 11 500 litr Ai-80 benzin yonilg‘i mahsuloti to‘kilgan. Sodir bo‘lgan avariya holatini zavod xodimlari shu kunning o‘zida soat 20:45 da bartaraf etishgan. Hech kimga jiddiy zarar yetmagan.Yonilg‘i mahsulotlari to‘kilishi natijasida soat 14:00 da yomg‘ir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan tashqariga sizib chiqqan.
angren shahri
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/237/15/2371552_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_e6874d66e8ed55d8f957d1257fd64e10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, neft, angren shahri
jamiyat, neft, angren shahri
Angren neft bazasida 11,5 ming litr benzin oqib ketdi
Yonilg‘i lotok orqali zavod hududidan tashqariga oqib chiqqan.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Uning ortidan odamlar sizib chiqayotgan neftni idishlarga quyib olayotgani aks etgan
videolar paydo bo‘ldi. Korxona boshlig‘i D.Azimov bu xabarga munosabat bildirdi, deb
xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angren neft bazasi hududida 5000 m (kub) hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilgan.
Oqibatda sig‘imda bo‘lgan 11 500 litr Ai-80 benzin yonilg‘i mahsuloti to‘kilgan. Sodir bo‘lgan avariya holatini zavod xodimlari shu kunning o‘zida soat 20:45 da bartaraf etishgan. Hech kimga jiddiy zarar yetmagan.
Yonilg‘i mahsulotlari to‘kilishi natijasida soat 14:00 da yomg‘ir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan tashqariga sizib chiqqan.