Toshkentda "Hosil bayrami" munosabati bilan ko‘rgazma-yarmarka tashkil etiladi

© SputnikMejdunarodnaya knijnaya yarmarka "Knijniy festival - 2022"
Mejdunarodnaya knijnaya yarmarka Knijniy festival - 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Obuna bo‘lish
Yarmarka poytaxdagi O‘zekspomarkaz hududida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Bugun qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - "Hosil bayrami" munosabati bilan “O‘zekspomarkaz”da ko‘rgazma-yarmarka bo‘lib o‘tadi.
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - “Hosil bayrami” munosabati bilan agrar tarmoq mehnatkashlarining mamlakati oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi fidokorona mehnatini munosib qadrlash va ulug‘lash, ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida bayram tadbiri o‘tkaziladi.
Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy, xayriya tadbirlari, ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etiladi.
Shuningdek, tadbirda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan turli mavzularda davra suhbatlari, treninglar va soha vakillari uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikada 90 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari, 500 mingdan ortiq dehqon xo‘jaliklari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, 6 million tomorqa yer egalari, bir mingga yaqin klaster va kooperatsiyalar qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqaruvchi va mahsulot yetishtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0