Toshkent viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bir mlrd so‘m mablag‘ ajratildi

© SputnikPodpis dokumenta, arxivnoe foto
Podpis dokumenta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Obuna bo‘lish
Mablag‘ viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyi ta’mirtalab fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun sariflanadi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Toshkent viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, viloyat mahalliy budjetining joriy yil 3- chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish uchun mablag‘ ajratish berlgilangan.
Mablag‘ viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyi ta’mirtalab fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun sariflanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aholi bilan muloqotning sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, tajriba sifatida Toshkent viloyatining og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani tanlab olingandi.
Yangiliklar lentasi
0