“O‘zimizga jabr qildik”: Avstriyaning sobiq vitse-kansleri Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishXans-Kristian Shtraxe, arxivnoe foto
Xans-Kristian Shtraxe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Obuna bo‘lish
Xayns-Kristian Shtraxening so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qarshi sanksiyalar natijasida yevropaliklarning o‘ziga zarar yetkazilgan, Avstriya o‘ziga o‘zi jabr qilgan.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Rossiyani “tiz cho‘ktirolmadi” va aksincha bundan yevpopaliklarning o‘zi jabr ko‘rdi. Bu haqda Avstriyaning sobiq vitse-kansleri Xayns-Kristian Shtraxe ma’lum qildi.

“So‘nggi paytda biz ko‘p narsani boshdan kechirdik, biz buning evaziga biror narsa yutishimiz mumkin, Rossiya tiz cho‘ktiriladi deb bizni aldagan va qabul qilingan sanksiyalarni boshdan kechirapmiz. Bu mutlaqo bunday emas”, - dedi Shtraxe Venadagi mitingda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qarshi sanksiyalar natijasida yevropaliklarning o‘ziga zarar yetkazilgan, Avstriya o‘ziga o‘zi jabr qilgan.

Shtraxe elektr energiyasi, gaz va oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilib ketganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, u odamlar yaqin oylarda o‘zlarini qanday ta’minlashni bilmasliklarini ma’lum qildi. Sobiq vitse-kansler vaziyatni odamlar farovonligiga tahdid soluvchi va ularni ertangi kelajakka bo‘lgan ishonchdan mahrum qilayotgan “o‘ta xavfli” deb atadi.
“Bu biz istamagan ijtimoiy keskinlik bilan tahdid qilishi mumkin, va siyosiy mas’uliyatga egalar bunga to‘sqinlik qilishlari shart”, - dedi u.
Venada shanba kuni, sovuq ob-havoga qaramasdan, miting bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari Avstriya hukumatidan YeIning Rossiyaga qarshi sanksiya siyosatini qo‘llab-quvvatlamaslikni, mamlakatni betaraf maqomini saqlashni va noqonuniy migratsiyaga qarshi say’-harakatlarni kuchaytirishni talab qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0