O‘zgidromet bugun ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi

© Xokimiyat goroda TashkentaZima v Tashkente.
Zima v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Obuna bo‘lish
Bugun yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushadi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Va’zi joylarga tuman tushadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati -3 daraja sovuq -2 daraja iliq, shimolda va cho‘l xududlarda -4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat -0-2 daraja iliq.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0