Shifoxonalarda mavjud bo‘sh koykalarni onlayn tarzda ko‘rish imkoniyati yaratiladi

© Press-slujba mera i pravitelstva Moskvi / Mediabankka o‘tishStatsionar po borbe s koronavirusom
Statsionar po borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Obuna bo‘lish
“Tez tibbiy yordamning 2022-2023 yillardagi chora-tadbirlar strategiyasi”ga ko‘ra, tizimni raqamlashtirishda bir qator ishlar ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Shifoxonalarda mavjud bo‘sh koykalarni onlayn tarzda ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziriligi ma’lum qildi.
​Respublika tez tibbiy yordam markazi diretori Abduvoit Gafurov qayd etishicha, “Tez tibbiy yordamning 2022-2023 yillardagi chora-tadbirlar strategiyasi”ga ko‘ra, tizimni raqamlashtirishda bir qator ishlar ko‘zda tutilgan.
Tez tibbiy yordam strategiyasida quyidagilar nazarda tutilgan:
yagona Call-markaz yaratish;
uzluksiz elektr energiyasi, yuqori tezlikdagi internet va telefon aloqasi, planshetlar, kompyuter, raqamli tranking radioaloqa tizimini yo‘lga qo‘yish;
ratsiyalar bilan ta’minlash;
Call-markazlarda yagona intellektual chaqiruv platformasi yaratish;
tez tibbiy yordam avtotransportlari uchun GPS yordamida sun’iy yo‘ldosh monitoringi tizimini yo‘lga qo‘yish.
Shuningdek, yagona elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv ABT “MedData 103”ni joriy etilishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, endilikda olis va chekka qishloqlardayashovchi bemorlarga havo yo‘llari orqali tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Unga ko‘ra, olis va chekka qishloqlarda, noqulay ob-havo sharoitlarda aholiga havo yo‘llari orqali samolyot va vertolotlarda xizmat ko‘rsatish sanaviatsiya tez tibbiy yordami tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0