Putin Merkelning qaysi so‘zlari uni ranjitganini aytdi - Video

Obuna bo‘lish
Minsk shartnomalari aslida Kiyevni qurollantirish uchun bo‘lgan. Aslida hech kim kim tinchlik o‘rnatishni istamagan.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Kecha Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Merkelning "Minsk shartnomalari aslida Kiyevni qurollantirish uchun vaqt yutish uchun" imzonlangani haqidagi so‘zlariga izoh berishni so‘rashdi.
"Men uchun bu kutilmagan voqea bo‘ldi. Men ranjidim. Men sobiq Germaniya rahbariyatidan buni kutmagan edim. Men har doim ular o‘zini samimiy tutmoqda deb o‘ylardim.
Ular, albatta, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashardi, men buni bilardim, lekin men GFR rahabariyati astoyidil mojaroni bartaraf etishni xohlaydi deb ishongan edim.
Aslida Minsk shartnomalarini hech kim bajarishni rejalashtirmagan ekan. Bu haqida sobiq Ukraina prezidenti Poroshenko ham aytdi “imzolaganman, lekin bajarmasligimizni bilar edim” dedi u. Lekin biz hech bo‘lmasa jarayonning boshqa a’zolari samimiy ekaniga ishongan edik. Aslida ular ham bizni aldagan ekan.
Minsk shartnomalarning asl maqsadi – vaqtni cho‘zish va ushbu davr ichida Ukrainani qurol-aslaha bilan to‘ldirish bo‘lgan.
Ehtimol, biz buni (maxsus operatsiyani – tahr.) ancha kech boshladik, balkim ertaroch boshlash kerak edi. Biz so‘nggi damgacha ushbu Minsk tinchlik shartnomalari doirasida kelishuvga erisha olamiz deb umid qilgan edik.

Hozir bunga nima ham derdik – faqat bir narsa – ishonch masalasi. O‘zi ishonch shundoq ham nolda edi, bu kabi bayonotlardan keyin, bilmadim kim bilan va nima haqida kelishish mumkin va kim buni kafolatlaydi”, - dedi Rossiya prezidenti Bishkekdagi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Merkel Die Zeit nashriga intervyusida 2014-yilgi Minsk shartnomalari aslida Ukrainani qurollanish uchun vaqt yutishga urinish ekanligini aytdi. Ukraina esa bundan kuchayish uchun foydalangan. Biz hozir ko‘rayotgan Ukraina va 2014-2015 yillardagi Ukraina ikki katta farq. "Putin o‘shanda osongina g‘alaba qozonishi mumkin edi", dedi Merkel.
Yangiliklar lentasi
0