https://oz.sputniknews.uz/20221210/ozbekiston-va-ozarbayjon-kinoijodkorlari-hamkorlikda-film-suratga-olishadi-30635052.html
O‘zbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorlikda film suratga olishadi
O‘zbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorlikda film suratga olishadi
Sputnik O‘zbekiston
Hamkorligidagi filmlar Boku, Sankt Peterburg, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida suratga olinadi – tafsilotlar. 10.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-10T16:23+0500
2022-12-10T16:23+0500
2022-12-10T16:23+0500
madaniyat
film
ozarbayjon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/02/23076617_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_fd97abff8059f3d53545d0db0d15f15e.jpg
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkazilayotgan “O‘zbek kinosi kunlari” davomida o‘zbek va Ozarbayjon kino ijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan bir qator kino loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.“O‘zbek kinosi kunlari” davomida Ozarayjon Davlat filmofondi va O‘zbekiston Davlat kinofondi hamkorligi haqida xujjatli film, “Mulla Nasriddin. Og‘ir kunlardagi hamrohim mening” deb nomlangan yirik kino loyihaning tayyorgarlik va kasting jarayonlari borasida fikr almashindi.Film rejissori Vagif Mustafayev Mulla Nasriddin obrazining yoshlik davriga iste’dodli o‘zbek aktori Alisher Uzoqovni, keksalik davrini jahon kino yulduzi Takeshi Kitanoni munosib ko‘rayotganini ta’kidladi.“Ipak yo‘li durdonasi “ XIV Toshkent xalqaro kinofestivali kunlari har ikki nomzod aktorlar bilan bu masala bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan va aktorlar bu taklifni ijobiy qabul qilishgan.Shuningdek, ozar xalqining milliy qahramoni, yirik metsenat Gadji Zeynal Abdin Tagiyevning O‘zbekiston bilan bog‘liq hayotiy bosqichlarini aks ettiruvchi sakkiz qismli tarixiy serialni ishlab chiqarish jarayonida o‘zbek kinoijodkorlarining ishtiroki yuzasidan muzokaralar boshlandi.O‘zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligi va “Boku media markazi” o‘rtasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.Gadji Zeynal Abdin Tagiyevning hayoti va faoliyatida O‘zbekiston bilan bog‘lik juda ko‘p muhim voqealar bo‘lgan. Jumladan, uning o‘zbek jadidlari bilan yaqin aloqalari, Buxoro amirligi bilan diplomatik munosabatlari, Peterburgda bunyod etilgan islom masjidi, birinchi xotin-qizlar gimnaziyasi qurilishi va hokazolar.Ayni paytda “Himoyador” deb nomlangan mazkur serialning rejissorlik ssenariysi va tayyorgarlik jarayonlari boshlangan.Bu jarayonlarga o‘zbek kino ijodkorlarining ham jalb etilishi rejalashtirildi. Suratga olish ishlari Boku, Sankt Peterburg, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu serial o‘zbek va Ozarbayjon kinoijodkorlarining hamkorlikda yaratiladigan birinchi yirik kino loyihasi bo‘lishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/02/23076617_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_68e3089935c9f444e9f5260cbaea0154.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, film, ozarbayjon
madaniyat, film, ozarbayjon
O‘zbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorlikda film suratga olishadi
Hamkorligidagi filmlar Boku, Sankt Peterburg, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida suratga olinadi – tafsilotlar.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkazilayotgan “O‘zbek kinosi kunlari” davomida o‘zbek va Ozarbayjon kino ijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan bir qator kino loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar
berdi. “O‘zbek kinosi kunlari” davomida Ozarayjon Davlat filmofondi va O‘zbekiston Davlat kinofondi hamkorligi haqida xujjatli film, “Mulla Nasriddin. Og‘ir kunlardagi hamrohim mening” deb nomlangan yirik kino loyihaning tayyorgarlik va kasting jarayonlari borasida fikr almashindi.
Film rejissori Vagif Mustafayev Mulla Nasriddin obrazining yoshlik davriga iste’dodli o‘zbek aktori Alisher Uzoqovni, keksalik davrini jahon kino yulduzi Takeshi Kitanoni munosib ko‘rayotganini ta’kidladi.
“Ipak yo‘li durdonasi “ XIV Toshkent xalqaro kinofestivali kunlari har ikki nomzod aktorlar bilan bu masala bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan va aktorlar bu taklifni ijobiy qabul qilishgan.
Shuningdek, ozar xalqining milliy qahramoni, yirik metsenat Gadji Zeynal Abdin Tagiyevning O‘zbekiston bilan bog‘liq hayotiy bosqichlarini aks ettiruvchi sakkiz qismli tarixiy serialni ishlab chiqarish jarayonida o‘zbek kinoijodkorlarining ishtiroki yuzasidan muzokaralar boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligi va “Boku media markazi” o‘rtasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Gadji Zeynal Abdin Tagiyevning hayoti va faoliyatida O‘zbekiston bilan bog‘lik juda ko‘p muhim voqealar bo‘lgan. Jumladan, uning o‘zbek jadidlari bilan yaqin aloqalari, Buxoro amirligi bilan diplomatik munosabatlari, Peterburgda bunyod etilgan islom masjidi, birinchi xotin-qizlar gimnaziyasi qurilishi va hokazolar.
Ayni paytda “Himoyador” deb nomlangan mazkur serialning rejissorlik ssenariysi va tayyorgarlik jarayonlari boshlangan.Bu jarayonlarga o‘zbek kino ijodkorlarining ham jalb etilishi rejalashtirildi.
Suratga olish ishlari Boku, Sankt Peterburg, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu serial o‘zbek va Ozarbayjon kinoijodkorlarining hamkorlikda yaratiladigan birinchi yirik kino loyihasi bo‘lishi kutilmoqda.