Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 10-dekabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti.
Voyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Obuna bo‘lish
DXR hududida Rossiya qo‘shinlarining hujumkor harakatlari davom etmoqda. Ukraina qo‘shinlari chekinmoqda.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Donbassda maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda. Bugungi kunning eng muhim voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Xarkov viloyatining Sinkovka va Kislovka aholi punktlari hududlarida dushman kuchlariga zarba berildi. Kupansk yo‘nalishida 30 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi va uchta pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida rus qo‘shinlari hujumni davom ettirdilar, buning natijasida yanada qulay pozitsiyalar egallandi.
Lugansk Xalq Respublikasining Chervonopopovka va Chervonaya Dibrova aholi punktlari yo‘nalishidagi ikkita qarshi hujumini bartaraf etdi. 60 nafargacha ukrainalik harbiy va yollanma askar, bir BMP va ikkita zirhli mashina yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida rus bo‘linmalari dushmanni mustahkamlangan istehkomlardan siqib chiqarib, hujum operatsiyalarini davom ettirdilar. 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita BMP, zirhli transportor va uchta pikap yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida DXRning Sladkoe va Shevchenko aholi punktlari yo‘nalishida UQKuchlari bo‘linmalarining Rossiya pozitsiyalariga qilgan hujumlari bartaraf etildi. Dushman artilleriya yordamida mag‘lub etildi va o‘z pozitsiyalariga qaytarildi.
Vladimirovka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita diversion razvedka guruhi yo‘q qilindi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 40 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli transport vositasi va to‘rtta yuk mashinasini tashkil etdi.
Armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriya yordamida Xarkov viloyatining Sinkovka, Kruglyakovka, Berestovoe, LXRning Nevskoe, DXRning Baxmut va Kleshiyevka aholi punktlari hududlarida, dushmanning oltita qo‘mondonlik punktlari yakson etildi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlarining 92 ta artilleriya bo‘linmasi va 197 ta harbiy texnikasiga zarba berildi.
DXRning Torskoe aholi punkti hududida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 batareyaga iarshi kurash radari yo‘q qilindi.
DXRning Seversk aholi punkti yaqinida Ukrainaning "Grad" ko‘p raketa tizimining ikkita jangovar mashinasigi yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari DXRNing Yelenovka, Blagoveshenka va Valeranovka aholi punktlari hududlarida bir sutkada to‘rtta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Komsomolskoe, Novohorivka, Jovtneve aholi punktlari hududlarida HIMARS , "Uragan" va "Olxa" ko‘p raketa tizimlarining 10 ta raketasi urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 341 ta samolyot, 181 ta vertolot, 2647 ta uchuvchisiz uchish apparati, 392 ta zenit-raketa kompleksi, 7049 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 926 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 3672 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7534 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0