Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarish hajmini oshirdi

© Press-slujba Buxarskogo NPZBuxarskiy neftepererabativayushiy zavod
Buxarskiy neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Obuna bo‘lish
Korxona benzin ishlab chiqarish qurilmasi loyiha quvvatini 100 foizdan 115 foizga oshirdi.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarish hajmini oshirdi, deb xabar qildi korxona matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan Buxoro NQIZ 2021-yilga nisbatan AI-80 rusumli avtobenzinning kunlik ishlab chiqarish hajmini 2200 tonnadan 2800 tonnaga, suyultirilgan gazni esa 14 532 tonnadan 15 700 tonnaga oshirmoqda, deyiladi xabarda.
Korxonada tovar benzinlari va suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarilishini oshirishga qaratilgan ishlar tezkorlik bilan amalga oshirilmoqda. Benzin ishlab chiqarish qurilmasi loyiha quvvatini 100 foizdan 115 foizga oshirdi.
O‘z navbatida, ichki bozorida neft-gaz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish nafaqat temir yo‘l vagonlari, balki yuk tashuvchi avtotsisternalarda ham amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sovuq kunlar kelishi munosobati bilan O‘zbekistonda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshdi. Energetika majmuasi bunday talabga yetarli miqdorda javob bera olmagani sababli respublikada favqulodda choralar ko‘rish boshlandi. Xususan avtotransport vositalariga gaz quyish ta’qiqlandi. Shuningdek aksariyat sanoat korxonalari ham gaz ta’minotidan uzildi. Avtotransport benzinga o‘tkazilishi munosabati bilan respublikada benzin ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda, benzinga aksiz solig‘i bekor qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0