https://oz.sputniknews.uz/20221210/aktsiz-soligi-bekor-qilinishi-evaziga-ai-80-benzin-narxi-arzonlashishi-kutilmoqda-30632858.html
Aksiz solig‘i bekor qilinishi evaziga AI-80 benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda
Aksiz solig‘i bekor qilinishi evaziga AI-80 benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha eng ko‘p muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi. 10.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-10T13:02+0500
2022-12-10T13:02+0500
2022-12-10T13:02+0500
jamiyat
benzin
benzin narxi
birja
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18003248_0:0:3119:1754_1920x0_80_0_0_fa3e9c1e276919e229407807e5c8b4a4.jpg
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Aksiz solig‘i bekor qilinishi munosabati bilan avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarida AI-80 benzin narxi 5500 so‘mga tushishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev ma’lum qildi.Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha eng ko‘p muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Shu chora qo‘llanilganidan so‘ng uning AYoQShlardagi narxi pasayishi kutilmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi ushbu markadagi benzinning AYoQShlarda sotilayotgan chakana narxini 1000 1200 so‘mga arzonlashishiga olib kelishi kerak.Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) o‘tkazilgan birja savdolari yakunlariga ko‘ra AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi. Ma’lum qilinishicha, bugungi savdolarda AI-80 markali benzinning birjada shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 mln 140,4 ming so‘mdan 6 mln 982,5 ming so‘mgacha, ya’ni 14 foizga pasaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18003248_259:0:2988:2047_1920x0_80_0_0_0de73d9cc405ddaa216fbe557a17d591.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, benzin, benzin narxi, birja, soliq
jamiyat, benzin, benzin narxi, birja, soliq
Aksiz solig‘i bekor qilinishi evaziga AI-80 benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha eng ko‘p muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Aksiz solig‘i bekor qilinishi munosabati bilan avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarida AI-80 benzin narxi 5500 so‘mga tushishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev ma’lum qildi.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha eng ko‘p muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Shu chora qo‘llanilganidan so‘ng uning AYoQShlardagi narxi pasayishi kutilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi ushbu markadagi benzinning AYoQShlarda sotilayotgan chakana narxini 1000 1200 so‘mga arzonlashishiga olib kelishi kerak.
“Birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortganligi hamda birjada boshlang‘ich narxdan 5 foizdan ortiq bo‘lmagan holda narx oshishi mukinligini inobatga olib, yaqin kunlarda AYoQShlarda 5500 so‘mlik narxni ko‘rishimiz mumkin”, deydi Sherzod Xodjayev.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) o‘tkazilgan birja savdolari yakunlariga ko‘ra AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi. Ma’lum qilinishicha, bugungi savdolarda AI-80 markali benzinning birjada shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 mln 140,4 ming so‘mdan 6 mln 982,5 ming so‘mgacha, ya’ni 14 foizga
pasaydi.