Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi oshiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Obuna bo‘lish
Ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan qishloqlarga suvni transportda yetkazish, shu bilan birga, imkoni bor joylarga tarmoq tortish choralari ko‘rilmoqda - tafsilotlar.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Yil yakuniga qadar aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishish jarayonida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2023-yilgi investitsiya dasturi doirasida 3ta yangi qozonxona qurish, 10tasini ta’mirlash va issiqlik tarmoqlari tortish rejalashtirilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Shavkat Mirziyoyev kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishdi
Aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha joriy yilda 527ta inshoot hamda qariyb 7 ming kilometr tarmoq barpo etildi. Yil boshida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 70 foiz bo‘lgan bo‘lsa, yil yakunida bu ko‘rsatkichni 74 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Mahallalar kesimida aytganda, 9 ming 309 ta mahalladan 3 ming 800 tasi to‘liq, qariyb 4 mingtasi qisman markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Qolgan qishloqlarga suvni transportda yetkazish, shu bilan birga, imkoni bor joylarga tarmoq tortish choralari ko‘rilmoqda.
2023 yilda 435ta obyekt foydalanishga topshiriladi:
Investitsiya dasturiga asosan 62 ta;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 373ta.
Bu ishlar natijasida 403ta mahalladagi 3 milliondan ziyod aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, 181 ta mahalla ilk bor bu tarmoqqa ulanadi.
Shuningdek, davlatning ijtimoiy buyurtmasi orqali tuman markazidan olisda joylashgan mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalari amalga oshirilmoqda. Kelgusi yilda 17ta shunday qishloqqa 251 kilometr quvur tortilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, mamlakatda 39 ming 700 taga yaqin ko‘p qavatli uylar bor. Joriy yil boshida bunday boshqaruv-servis kompaniyalari 324ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 766 taga yetgan. Shu tariqa, 36 mingdan ziyod yoki 92 foiz ko‘p qavatli uylar mazkur kompaniyalar bilan qamrab olingan.
Bu yilning o‘zida ular tomonidan qurilish, ta’mirlash, texnika va uskunalar xarid qilishga 262 milliard so‘m investitsiya kiritilgan. Yangi tashkil etilgan kompaniyalarda 14 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.
Xonadonlar haqidagi ma’lumotlar va hisob-kitoblar “Mening uyim” billing tizimida mujassam bo‘lmoqda. Shu yilning o‘tgan davrida bu tizim orqali 206 milliard so‘m to‘langan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufida 495 ta qozonxona faoliyat yuritmoqda. 2018-2021 yillarda ularning 47tasi va 78 kilometr issiqlik tarmog‘i rekonstruksiya qilindi. Bu yil Buxoro, Samarqand, Qarshi, Jizzax, Namangan, Asaka kabi shaharlardagi yana 24 ta qozonxona va 182 kilometr tarmoq yangilandi. Natijada 70 ming xonadon va 113 ta ijtimoiy obyekt uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi.
Umuman aytganda, bu loyihalar samarasida ko‘p qavatli uylarning issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi yanada ortdi. Yiliga 130 million kub metr tabiiy gaz, 1 million 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi tejaladigan bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0