Yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab pasayadi - Energetika vazirligi

© UnsplashNoviy god, illyustrativnoe foto
Noviy god, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev bayram kunlari aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash masalasiga oydinlik kiritdi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilardi darajada pasayadi. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev ma’lum qildi.
Sherzod Xodjayev bayram kuni, xususan, Yangi yilda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash masalasiga oydinlik kiritdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab pasayadi. Chunki bu vaqt ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
“Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltiriladi. O‘ylaymanki, yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammolar yuzaga kelmaydi”, deydi Sherzod Xodjayev.
Qayd etilishicha, agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, tunu kun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etiladi.
Ma’lumot uchun, 2017-2021 yillar davomida uzunligi 40 700 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 12 900 ta transformator punktlari yangilandi. Buning natijasida respublika bo‘yicha 7,3 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inidagi 4,2 milliondan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
Yangiliklar lentasi
0