Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Xalq tabobatida immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar qaysi

© pexels / Oleg MagniFrukti i ovoshi
Frukti i ovoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Nam, shamol va sovuq havoda organizm turli infeksiyalarga nimjon bo‘ladi.
Xalq orasida sinalgan usullar ham infeksiyalarga qarshi kurashishda, immunitetni mustahkamlashda foydali. Biroq, agar kasallik boshlangan bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilgan ma’qul.

Behi

Behi mevasi o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur meva. U qon aylanishi, ovqat hazm qilishga ijobiy ta’sir qiladi, yallig‘lanishga qarshi samara berdi. Ushbu mevadan turli desertlar, sharbatlar tayyorlanadi, uni qo‘shib palov ham pishiriladi.
Yo‘talni davolashda behi sharbati yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, immunitet uchun mevani pechda pishirilgan holda iste’mol qilish ham foydali. Mevani danaklaridan tozalab asal va yong‘oq bilan 20 daqiqa pechga qo‘yiladi. Koritsa yoki shakar pudrasi bilan tortiladi. Bu nafaqat ajoyib desert balki salomatlik foydali yegulik ham bo‘ladi.

Yong‘oq guli

Yo‘taldan xalos bo‘lishda yong‘oq daraxti gullari ham yaxshi yordamchi. Yong‘oq barglari turli vitaminlarga boy va ular nafaqat immunitetni ko‘taradi, balki angina, yuqori va pastki nafas yo‘llarining yallig‘lanishida samara beradi. Odatda yong‘oq gullari erta bahorda terib olinadi va quritilib qishda mavsumiy kasalliklarni davolashda saqlab qo‘yiladi.

Sut

Immunitetni ko‘tarishda ko‘pchilikning sevimli mahsuloti. Yo‘talning boshlanishida u balg‘amni chiqarishda, va yo‘talni yumshatishda samara beradi. Virus infeksiyalaridan himoyalanishda sutni sarimsoqpiyoz bilan ichish foydali bo‘ladi.
Sutni anjir, sariyog‘, asal yoki mineral suv bilan ham iste’mol qilish mumkin.

Qora rediska

Ha, aynan qora rediska. Chunki, shu navida foydali xususiyatlar ancha ko‘p. Rediskani qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Uning suvini olib, asl qo‘shiladi. Bir qoshiqdan kuniga 3-4 marotaba iste’mol qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0